“SHalke” 4 yillik tanaffusdan so'ng ECHLda o'ynaydi
06 may 2018 09:01
Yangiliklar
“SHalke” 4 yillik tanaffusdan so'ng ECHLda o'ynaydi
“SHalke” klubi Germaniya Bundesligasining navbatdagi turida “Augsburg” jamoasini mag'lub (2:1) etdi.
CHempionat yakunlanishiga bir tur qolgan bir paytda Gelzenkirxen jamoasi turnir jadvalida o'zi uchun ikkinchi o'rinni naqd qildi. “SHalke” eng yaqin taqibchisi Dortmundning “Borussiya” klubidan 5 ochkoga o'zib ketdi. Bu bilan “SHalke” o'zi uchun kelasi mavsum ECHLda ishtirok etishni naqd qildi.
Jamoa to'rt yillik tanaffusdan so'ng qitaning bosh turnirida ishtirok etadi. Gelzenkirxenliklar so'nggi bor mavsum-2014/15da ECHLning 1/8 finaliga qadar etib borishgan va “Real”ga imkoniyatni boy (0:2, 4:3) berishgan edi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar