"SHalke-04" Bundesliga tarixiga kirdi
17 may 2020 13:59
Yangiliklar


"SHalke-04" Bundesliga tarixiga kirdi
Bundesliganing 26-turida Dortmundning "Borussiya"siga qarshi o'yinda "SHalke-04" jamoasi tarkibida 5 o'zgarish sodir bo'ldi.
Gelzenkirxenliklar bosh murabbiyi Devid Vagner uchrashuv tanaffusida Matondo va Burgshtallerni maydonga tushirgandi. 73-daqiqada SHopf, 76-daqiqada Miranda o'yinga tashlandi. 87-daqiqada esa Bekker o'yinga qo'shildi.
SHu orqali Bundesliga tarixida ilk marta bir o'yinda 5 o'zgarish sodir bo'ldi.
Uchrashuvda dortmundliklar 4:0 hisobida g'alabaga erishdi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar