SHaker Zuagi: “O'zbekistondan taklif bo'lgach, ikkilanishlarsiz keldim”
21 apr 2014 07:51
Yangiliklar
SHaker Zuagi: “O'zbekistondan taklif bo'lgach, ikkilanishlarsiz keldim”
“Olmaliq” klubi qishki yig'in paytida selekciya ishlariga jiddiy etibor qaratdi. Buning samarasi o'laroq tarkibga tunislik yarim himoyachi SHaker Zuagi taklif qilindi.
Bu o'ziga xos shov-shuvga ham sabab bo'ldi. Negaki, chempionatimizda birinchi marta Tunis fuqarosi to'p surmoqda. Bu esa barchada o'ziga yarasha qiziqishni uyg'otmoqda. Zuagi haqida shuni aytish mumkinki, Tunis terma jamoasida bir necha yil to'p surgan. O'ynagan jamoalari orasida eng taniqlisi – Moskvaning “Lokomotiv”idir. SHaker o'z vaqtida Rossiyada ham faoliyatini davom ettirgan. 1985 yilda tavallud topgan ushbu o'yinchi “Olmaliq”ning istiqbolli xaridlaridan biri bo'ldi. Hozirgacha Zuagi doimiy tarzda asosiy tarkibda maydonga tushib o'zidan yaxshi taassurot qoldirmoqda. Uning xalqaro tajribasi “Olmaliq”qa qo'l kelishi aniq. Tunislik futbolchidan eksklyuziv intervyu olish bizning vazifalarimizdan biri edi. Bu borada u bilan suhbatlashish uchun yaqindan yordam bergan jamoaning bosh mamuri Qudrat Madaminovga minnatdorligimizni bildiramiz. SHuni alohida aytish joizki, SHaker Zuagi ingliz, francuz, rus tillarida bemalol gaplasha oladi.
- SHaker, dastavval “Olmaliq” klubiga qanday kelganingiz haqida gapirib bersangiz?
- Agentim menga O'zbek klublaridan biri qiziqish bildirayotganini aytdi. SHundan so'ng bu taklif meni qiziqtirib qo'ydi. Natijada hech qanday ikkilanishlarga berilmasdan omadimni shu erda sinab ko'rishga qaror qildim.
- Aytingchi, bunga qadar O'zbekiston futboli haqida nimalarni bildardingiz?
- Rostini aytsam, bu borada ko'p malumotlarga ega emasdim. Albatta, sizlarning chempionatingizda o'z vaqtida Rivaldodek mashhur futbolchi to'p surganidan xabarim bor. Aynan u to'p surgan jamoa ishtirokidagi ikkita uchrashuvni ko'rganman. Bu – Osiyo chempionlar Ligasida qatnashgan “Bunyodkor” edi. Bundan tashqari terma jamoangiz Tunisda yig'in o'tkazgandi. O'shanda futbolingiz haqida eshitgandim.
- O'zbekiston chempionati haqida dastlabki taassurotlaringiz qanday?
- CHempionatning saviyasi chakki emas. Bu erda ko'plab mahoratli futbolchilar to'p surishyapti. Ayni chog'da milliy birinchilik bahslari tobora qizg'in ko'rinish olyapti. Umuman olganda, dastlabki taassurotlarim yomon emas. To'g'risini gapiradigan bo'lsam, O'zbekiston futboli bir qancha xorijiy mamlakatlar chempionatlari kabi u darajada qo'pol emas. Bu erda texnik qobilyati binoyidek bo'lgan ijrochilar etarlicha topiladi.
- 5-turda “Paxtakor” maydonida mavsumdagi birinchi mag'lubiyatni tan oldinglar. Ushbu o'yin haqida nimalarni ayta olasiz?
- Uchrashuvni ko'ngildagidek o'tkaza olmaganimiz mag'lubiyatimizga sabab bo'ldi. Bunday holat takrorlanmasligi uchun faqat ishlash va yana ishlash kerak. Qolaversa bizning jamoada bir qancha iqtidorli yoshlar bor. Avvalo ijobiy natijaga erishish uchun futbolchilar o'zlariga ishonishlari kerak.
- Umuman olganda, “Olmaliq” mavsumni yaxshi boshladi, deyish mumkin. Bu nima bilan bog'liq?
- Yuqorida aytganimdek, “Olmaliq”da yaxshi o'yinchilar talaygina. SHuning evaziga mavsumda yaxshi start oldik deb o'ylayman. Buning ustiga bizda jamoaviy o'yin puxta yo'lga qo'yilgan. O'ylaymanki, keyingi o'yinlarimiz bundanda yaxshilanib boraveradi.
- Siz O'zbekistondagi birinchi tunislik futbolchisiz. Buni bilasizmi?
- (Kuladi) Ha, O'zbekiston chempionatida to'p surayotgan birinchi tunislik futbolchi ekanligimni bilaman. Bundan tashqari Rossiyada ham dastlabki tunislik bo'lgandim.
- Ushbu vaziyatda o'zingizni qanday his qilasiz?
- Men futbolni yaxshi ko'raman. O'zbekistondami yoki Tunisdami, qaerda bo'lishimdan qatiy nazar maydonga chiqib o'ynashni yoqtiraman. Yurtingizda o'zimni yaxshi his etyapman.
- Qandaydir muammolarga duch kelmayapsizmi?
- Yo'q, hech qanday muammoni sezmayapman. Misol uchun jamoadoshlarim ruschada so'zlasha oladilar. Men esa bu tilni yaxshi tushunaman. Til borasida hech qanday muammoga ega emasman.
- O'zbekistonda to'p surish yoqyaptimi?
- Bu erga kelganimga ko'p vaqt bo'lmadi. Lekin O'zbekiston menda juda iliq taassurot qoldirmoqda. Yurtingizga ko'chib kelganimdan beri hech qanday muammoga duch kelmadim. Umid qilamanki, bundan keyin ham shunday davom etadi.
- Faoliyatingiz davomida Rossiyaning “Lokomotiv” jamoasida ham to'p surgansiz. Bu borada qanday xotiralar qolgan?
- Har bir futbolchining faoliyatida yaxshi va yomon kunlar bo'ladi. Rossiyadagi faoliyatim xususida ko'p to'xtalib o'tirmoqchi emasman. Ammo “Lokomotiv”dagi faoliyatim ajoyib o'tgan. Masalan, Rossiya Kubogini qo'lga kiritganmiz. SHuningdek, “CHelsi”, “Real” kabi mashhur jamoalar bilan o'ynaganmiz. Aytishim kerakki, Rossiyada yomon xotiralardan ko'ra yaxshirog'i ko'proq. Qolaversa o'sha paytda endi 20 yoshga to'lgandim.
- SHu o'rinda faoliyatingiz xususida ham to'xtalib o'tsangiz.
- 2004 yilda professional faoliyatimni boshlaganman. Birinchi jamoam Tunisning “Etual” klubi hisoblanadi. Keyin 2006 yildan 2010 yilgacha Moskvaning “Lokomotiv” klubi sharafini himoya qildim. SHundan so'ng yana “Etual”ga qaytdim. 2011-2013 yillar davomida esa SHveycariyaning “Cyurix” jamoasida to'p surdim. O'tgan yili Tunisning “Esperanse”sida o'ynadim.
- Tunis terma jamoasida ham to'p surganingizdan xabardormiz. Hozir ham o'zaro munosabatlar saqlanib qolinganmi?
- Albatta, terma jamoa vakillari bilan munosabatlarimiz bor. Axir bosh jamoaga to'rt yildan ziyod vaqt davomida chaqirilganman. Hozirgacha futbol federaciyasi va terma jamoa bilan aloqada bo'lib turibman.
- Bugungi Tunis futboli haqida nimalarni ayta olasiz?
- Oxirgi 10-15 yil ichida Tunis futboli sezilarli darajada o'sdi. Bizda istedodli o'yinchilar va malakali murabbiylar etarlicha topiladi. Bundan tashqari ichki chempionatda o'zini ko'rsata olgan bir qancha futbolchilarni har yili Evropa yoki boshqa yaqin mamlakatlardagi klublarga chaqirib turadilar. SHuningdek, bizda futbol maktablari ham yaxshi ish olib borishyapti.
- Sizning Tunis terma jamoasida to'p surgan paytingizda franciyalik taniqli mutaxassis Roje Lemer ustozlik qilardi. U qanday murabbiy?
- Lemer juda tajribali murabbiy. Roje Franciya bilan jahon chempioni bo'lgan paytda bosh murabbiy Eme Jakega yordamchi bo'lgan. Keyin esa mustaqil sifatida uning o'zi Franciyaga boshchilik qilib Evropa chempionligini qo'lga kiritgan. SHuni alohida aytmoqchimanki, u murabbiy sifatida jiddiy inson. O'z ishining chinakam professionalidir. Ana shunday ko'pni ko'rgan murabbiy bilan ishlab ko'p narsalarni o'rganganman. Uning menga ko'p yordami tekkan.
- Tabiiyki, shunga o'xshash ko'zga ko'ringan shaxslar bilan faoliyatingiz davomida birga ishlagansiz. Bu borada yana kimlarni ayta olasiz?
- To'g'ri, ko'plab taniqli futbolchilar bilan to'p surganman va tanishganman. Ular hozirda Evropaning bir qancha kuchli jamoalarida to'p surishmoqda. Lekin barchasi bilan aloqani ushlab turish oson emas. “Lokomotiv”da o'ynagan paytimda ham ko'plab do'stlar orttirganman. U erda afrikalik, bosniyalik, serbiyalik futbolchilar bilan birga o'ynaganman. Albatta, barchasini nomma-nom sanab bera olmayman. CHunki bunday tanishlarim juda ham ko'p.
- SHaker, o'zbekistonlik muxlislarga qanday tilaklaringiz bor?
- Barcha o'zbek xalqiga sog'lik-omonlik tilayman. “Olmaliq” bilan mavsum oxirida jiddiy natijaga erishishni orzu qilyapman. Ochig'ini aytsam, bu erda o'ynayotganimdan xursandman. Kelgusi yili ham O'zbekistonda qolsam bundan faqat xursand bo'laman.
FIRDAVSXON suhbatlashdi.

Fikrlar