SHaker Zuagi: "O'zbekistonda "Bunyodkor"dan boshqa jamoada o'ynamayman"
18 iyu 2016 14:46
Yangiliklar
SHaker Zuagi: "O'zbekistonda "Bunyodkor"dan boshqa jamoada o'ynamayman"
Tunislik yarim himoyachi SHaker Zuagidan kelajagi xususida so'radik.
"Menda jarohat bor edi. SHu bois jamoa bilan birga shug'ullanmayotgandim. Tizzamdan olgan jarohatimni evropada davolatib keldim. "Bunyodkor"da qolamanmi? Hozircha ha. Ayni paytda huquqiy jihatdan "qaldirg'ochlar"ga tegishliman. Lekin har narsa bo'lishi mumkin. SHuni aniq aytishim mumkinki, hozircha "Bunyodkor"dan ketganim yo'q. O'zbekiston jamoalaridan takliflar? O'zbekistonda "Bunyodkor"dan boshqa jamoada o'ynamayman. SHu bois oliy liganing boshqa jamoalaridan tushadigan yoki tushishi mumkin bo'lgan takliflar meni qiziqtirmaydi. Boshqa chempionat vakillaridan qiziqish bo'layotgani rost. Ammo hozircha hech narsa aniq emas. Nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi. Tez orada kelajagim borasida barcha masalaga oydinlik kiritiladi", - dedi SHaker Zuagi.
Fikrlar