So’nggi yangiliklar

14:12"Барселона" Рэшфордни сотиб олишга мойил  0 13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  3 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  1 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  3 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  8 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  1 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  1 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  5 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  5 07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   1

SHahzodbek Nurmatov: "Terma jamoadan taklif kelishini kutmagan edim" Yangiliklar

SHahzodbek Nurmatov: "Terma jamoadan taklif kelishini kutmagan edim"

Xabaringiz bor, kecha Mirjalol Qosimov O'zbekiston Milliy terma jamoasini Vetnam va Gonkongga qarshi tarkibini elon qildi.
Ushbu tarkibga birinchi bor jalb etilgan "Metallurg" klubi hujumchisi SHahzodbek Nurmatov championat.asia saytiga dastlabki fikrlarini bildirib o'tdi.

"Ochig'i hali terma jamoadan taklif kelishini kutmagan edim. O'zimni oldimga qo'ygan eng katta maqsadim shu bo'lishiga qaramay birinchi bor eshitib juda hayratlandim. Menga ishonganlarni ishonchini oqlashga harakat qilaman. Garchi hali yakuniy tarkib elon qilinmagan bo'lsa ham terma jamoaga jalb etilish bu barcha futbolchining eng katta orzusi hisoblanadi. Bu masuliyatni olib yurish ulkan sharaf va bunday masuliyatni oqlashimga ishonaman. Hozirda Qarshida ertangi uchrashuvga tayyorlanayapmiz va "SHo'rtan"ga qarshi uchrashuvdan so'ng terma jamoaga borib qo'shilaman. Terma jamoamizning oldida turgan ikki muhim uchrashuvda kerakli natijani qo'lga kiritish uchun hamma birdek harakat qiladi".

- Terma jamoamizda hujum borasida ko'pdan buyon muammolar ko'zga tashlanmoqda. Bu esa sizga yanada ko'proq masuliyat yuklaydi. Bu borada qanday fikrdasiz?
- Hujumda o'ynash boshqa nuqtalardan ko'ra qiyinroq. SHaxsan menda ham bunday vaziyatlar bo'lib turadi. Har doim muxlis so'nggi nuqtani qo'yuvchiga ishonadi va barcha xatolik shu nuqtada ko'rinadi. O'ylashimcha hujumda bizda tajribali futbolchilar ham etarli. Undan tashqari bir necha tengdoshlarim ham o'ynamoqda. Biz ko'proq gol urib natijaga erishmoqchimiz.

Humoyun Davurov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика