SHahzodbek Nurmatov: "Barcha tayyorgarlik 9 fevraldagi bahsga qaratilgan"
11 jan 2016 09:00
Yangiliklar


SHahzodbek Nurmatov: "Barcha tayyorgarlik 9 fevraldagi bahsga qaratilgan"
"Bunyodkor" klubi hujumchisi SHahzodbek Nurmatov "Olmaliq"qa qarshi kechgan o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Bunyodkor" jamoasiga tezda qo'shilib ketdi. Bu erda ham muhit ajoyib ekan. Futbolchilarning barchasi bir-biri bilan ahil. Tezda ko'nikib ketdim deya olaman. "Qo'qon-1912" va "Olmaliq"qa qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazdik. Murabbiylar barcha o'yinchilarni sinab ko'rish uchun 45 daqiqadan o'ynatishmoqda. Toshkentda yana bir o'rtoqlik o'yinini o'tkazamiz va Dubayga yo'l olamiz. U erda ham mashg'ulotlar va bir qator uchrashuvlar o'tkazish rejada bor. Barcha tayyorgarlik 9 fevraldagi "Al SHabab" bilan bahsga qaratilgan", - deydi Nurmatov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar