So’nggi yangiliklar

22:56АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси учун таркиблар эълон қилинди  3 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  1 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  1 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  99 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0 18:39Ямаль ва жамоадошлари Фликка қулоқ солмаяпти(ми)?! Бундай камбэклар "Барселона"нинг устунлиги эмас, заифлигини билдиради  15 18:20ЎзФҲМ "Сўғдиёна" – "Динамо" учрашувидаги эҳтимолий пенальти бўйича изоҳ берди  23 17:463 та голга ассистентлик қилган футболчи, рақибни тор-мор келтирган мураббий, 22 ёшли посбон — Суперлигада 20-турнинг энг яхшилари​  0 17:20Ўзбекистонда футбол соҳаси рақамлаштирилади  6 17:06Йўлдошев, Ресан, Эркинов, Педро, Кожо... Суперлига 20-тур рамзий терма жамоаси  0

SHahzodbek Nurmatov: "Agentlar bilan kelisholmadim..." Yangiliklar

SHahzodbek Nurmatov: "Agentlar bilan kelisholmadim..."

Bekobodning Metallurg klubi ham tabiiyki, yangi mavsumga astoydil tayyorgarlik ko'ryapti.
Jamoaning o'tgan yilgi to'purari - SHahzodbek Nurmatov yaqinda Bah­raynning Al-Riffa klubida ko'rikdan o'tib qaytdi. U ayni payt madanchilarning o'quv-mashg'ulotlar yig'inida ishtirok etyapti. Bekobodliklarning navbatdagi mashg'ulotlari nihoyasiga etgach, futbolchini suhbatga tortib, Bahrayn safari haqida so'radik.

- SHahzodbek, yangi mavsumga tayyorgarlik qanday kechyapti?
- Juda yaxshi. Jamoamiz kuniga 2 mahaldan mashg'ulot olib boryapti. Yig'in doirasida nazorat uchrashuvlarida ham maydonga tushyapmiz.

- Yaqinda PFL tomonidan oliy liga taqvimi tasdiqlandi. Unga ko'ra, Metallurg 1-turda Lokomotivni qabul qilib, keyin Navbahor mehmoni bo'ladi. Qisqasi, XIV milliy chempionatimiz starti Metallurg uchun noqulay kelmadimi?  

- Ha, yangi mavsumning dastlabki turidayoq o'tgan yilgi vice-chempion va O'zbekiston kubogi sohibi Lokomotivni qabul qilamiz. Ushbu jamoa bu yil Osiyo CHempionlar Ligasida ishtirok etadi va tarkibini shunga yarasha kuchaytiryapti. SHunday ekan, temiryo'lchilarga qarshi o'yinning oson kechmasligi aniq. Bundan tashqari, vodiy klublariga qarshi safarda to'p surish ham qiyin. 3-4-turlardagi raqiblarimiz - Mashal va Neftchi jamoalari ham chakki emaslar. Nima bo'lishidan qatiy nazar, har bir raqibga munosib qarshilik ko'rsatishga harakat qilamiz. O'zi har mavsumning dastlabki turlaridayoq kuchli raqiblar bilan o'ynashga o'rganib ham qoldik. Umuman olganda, oliy ligamizda kuchsiz jamoaning o'zi yo'q. SHunday ekan, boshida qaysi klublar bilan o'ynashning ahamiyati unchalik baland emas. Asosiysi - ijobiy natijaga erishish.

- Elitamizda jamoalar soni 16taga etkazildi. Bu haqda nima deya olasiz?

- Klublar sonining oshirilgani yaxshi. Avvalo, o'yin amaliyoti nuqtai nazaridan. CHunonchi, bitta mavsumga 26ta o'yin nihoyatda oz edi.

- Metallurg tarkibida qanday o'zgarishlar bor?
- Klubimizni tajribali himoyachi Saidkomil Akbarov va Sunnatilla Mamadaliev tark etishdi. Saidkomil aka Tojikiston jamoasida ko'rikdan o'tib qaytdi va aytishlaricha, ayni payt Buxoroning mashg'ulotlarida qatnashayotgan ekan. Sunnatilla esa Navbahorning yig'inida ishtirok etyapti.  Bizning safimizda esa yangi futbolchilardan - Ruslan Vagapov, Ayubxon No'monov va Aziz Murotov yugurishyapti. To'g'ri, ular bilan hali kelishuvga erishilmadi, menimcha.

- O'zingiz, yaqinda Bahraynning Al-Riffa klubida ko'rikda bo'lib qaytdingiz. Bahraynga borishingiz qay tarzda yuz berdi?

- Rossiyalik futbol agentlari o'yinlarimni kuzatishgan ekan. Ular Al-Riffa menga qiziqish bildirayotgani xususida klubimiz bosh murabbiyi Rustam Mirsodiqovga aytishgan. Rustam To'xtamurodovich esa taklif tushgach, ko'rikdan o'tishim lozimligini takidladi. SHunday qilib, Bahraynga yo'l oldim.

- Al-Riffaning mashg'ulotlarida qancha muddat qatnashdingiz va jamoada nega qolmadingiz?

- Bahraynda chempionat kuz-bahor tizimida o'tkazilar ekan va men ko'rikdan o'tgani borgan Ust-Riffa shahrining jamoasi o'sha payt turnir jadvalini boshqarib turgan edi. Klub oldiga sovrindorlar qatoridan joy olish vazifasi qo'yilgan. Al-Riffaning mashg'ulotlarida 2 hafta qatnashdim. Jamoadagi sharoitlar meni qoniqtirdi, shuningdek, harakatlarim ham klub murabbiylariga maqul keldi. Qisqasi, men bilan shartnoma imzolashga tayyor edilar. Lekin ayrim masalalarda rossiyalik agentlar bilan kelisholmadim. Natijada ortga qaytdim.

- Bahrayndan qaytgach, mamlakatimizning boshqa jamoalaridan ham takliflar oldingizmi?

- Yo'q, boisi Metallurg bilan yana bir yillik shartnomam bor. Bu yilgi mavsumni ham bekobodliklar tarkibida o'tkazishim aniq. Faqatgina xorij jamoasidan taklif tushsagina, klub rahbarlari menga ruxsat berishlari mumkin.

- XIV milliy chempionatimizdan nimalar kutyapsiz?
- O'z jamoamiz haqida gapirsam, bu yil turnir jadvalining yuqori beshligidan joy olish uchun kurash olib boramiz. Umuman, chempionat har yilgidan ham qiziqarli tus olsa, ajabmas.

- O'tgan yilgi mavsumda 8ta gol urib, Metallurg to'purari bo'lgandingiz. Endi bu boradagi maqsadingiz qanday?
- Hozir shuncha gol urishim kerak, deyishim noo'rin. Qancha ko'p ursam, shuncha yaxshi. Ehtimol, milliy chempionatimiz to'purari bo'lishga harakat qilarman. Lekin eng asosiysi - gollarim bilan klubimiz muvaffaqiyatlariga ulush qo'shish.

- Futboldan tashqari, yana qaysi sport turlariga qiziqasiz?
- Asosan, stol tennisiga.

- Orzungiz...
- Hammasi tayin - yaxshi inson va futbolchi bo'lish, kuchli klublar hamda O'zbekiston milliy jamoasida o'ynash.


Malumot uchun
SHahzodbek Nurmatov
Tug'ilgan sanasi va manzili:
1991 yil 18 sentyabr, Toshkent shahri
Futbol bilan 9 yoshidan shug'ullana boshlagan
Birinchi murabbiyi: Farhod Abdurasulov
Oq-tepa futbol maktabi tarbiyalanuvchisi
Ampluasi: hujumchi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика