So’nggi yangiliklar

13:58Суперлига. Плей-офф: "Арал" "Бухоро" билан рўбарў келмоқда (онлайн ҳисоб)  7 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

SHahzod SHaymanov: “Jamoamiz bu yilgi mavsumni bir tekis o'tkaza olmadi” Yangiliklar

SHahzod SHaymanov: “Jamoamiz bu yilgi mavsumni bir tekis o'tkaza olmadi”

Bu yilgi oliy liga bahslariga ham yakun yasaldi. Muborakning “Mashal” jamoasi bu yil o'tgan yilgi natijasini takrorlay olmadi.

Biz bunga nima sabab bo'lganini bilish maqsadida “Mashal” klubi futbolchisi SHahzod SHaymanov bilan  suhbatlashdik.

-  Bu yilgi mavsum siz va jamoangiz uchun qanday o'tdi?

-  Jamoamiz bu yilgi mavsumni bir tekis o'tkaza olmadi. O'tgan yilgi natijamizni yaxshilamoqchi edik. O'zimga keladigan bo'lsam biroz bo'lsada o'sishga erishdim. Bu yil o'tgan yilgiga qaraganda o'yin amaliyotiga ko'proq ega bo'ldim va raqiblar darvozasini bir necha bor ishg'ol qildim.

-  Raxbariyat bu yilgi natijasidan raxbariyat qoniqish hosil qildimi?
-  Meni fikrimcha qoniqish hosil qilishdi.

-  Futbolchilarchi?
-  Kimnidir qoniqtirgandir, lekin meni emas. Biz bundanda yuqoriroq o'ringa loyiq edik.



-  Qoniqarsiz ishtirok etishinglarga nima sabab bo'ldi?
-  Buning sababi omadsiz ishtirok, deb o'ylayman.

-  Jamoadagi o'zgarishlarchi?
-  Albatta, o'zgarishlar biroz bo'lsada salbiy natijamizga tasir qildi.

-  Bu yilgi chempionatda qaysi jamoaga qarshi o'tkazilgan bahs sizlar uchun og'ir kechdi?
-  Bu so'zsiz “Lokomotiv” jamoasiga qarshi kechgan o'yin. CHunki “temiryo'lchilar” bizga qarshi uchrashuvlarda bir bosh ustun bo'lib harakat qilishdi.

-  Mana mavsum yakunlandi, klub bilan shartnomangiz 31 dekabrda o'z nihiyasiga etadi. Raxbariyat sizga yangi shartnoma taklif qildimi yoki boshqa klublardan qiziqishlar bormi?
-  Hozircha hech kim menga aloqaga chiqmadi. Agarda takliflar bo'lsa albatta bundan xabar topasizlar. Agarda “Mashal”dan kuchliroq jamoadan taklif bo'lib qolsa o'sha jamoaga o'tishim mumkin. Qolganini vaqt ko'rsatadi.

-  Yaqin kunlarda qishki yig'inni boshlaymiz. Yangi yildan so'ng barchasi malum bo'ladi.
- Javoblaringiz uchun rahmat.

Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика