So’nggi yangiliklar

21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  4 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  16 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  10 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  6 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  2 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  8 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  5 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  2 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  4 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  10 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  10 16:069 нафар ҳакам ўйин натижаларига таъсир кўрсатишда гумонланмоқда  6

SHahzod Nurmatov: "Mavsum davomida ko'p omadsiz o'yinlar o'tkazganimizga qaramay Superligada qolishni uddaladik" Yangiliklar

SHahzod Nurmatov: "Mavsum davomida ko'p omadsiz o'yinlar o'tkazganimizga qaramay Superligada qolishni uddaladik"

Bekobodning "Metallurg" jamoasi Superliga-2021 yakunlariga ko'ra turnir jadvalida 10 o'rinni egalladi.

Albatta ushbu ko'rsatkich avvalgi yillarga qaraganda ancha past hisoblanadi. Boisi barchamiz bu jamoaning o'ta o'rinlarda ko'rishga odatlanganmiz. Lekin mavsum so'nggidagi qaltis vaziyatni hisobga olganda jamoa kuchlilar safida qolishni uddasidan chiqa oldi. Biz bilan suhbatda bo'lgan hujumchi SHahzod Nurmatov bu borada quyidagicha fikrlarni bildirdi. 


- "Metallurg" uchun mavsum qanday o'tdi? Qoniqarsiz desak jamoa ligada qolishni uddasidan chiqdi, qoniqarli desak, jamoa egallagan o'rni o'ziga mos emas...

- Juda qiyin mavsum o'tkazdik. Yil davomida ko'p omadsiz o'yinlar o'tkazgan bo'lsakda, oxirida Superligada qolish vazifasini bajardik. Oxirgi ikkita o'yindagi g'alabalardan so'ng barcha xursand bo'ldi. 

- So'nggi uchta o'yinda jamoa tartibli harakat qildi va natija ko'rsata oldi. Noyabr oyidagi FIFA kunlari kunlari yuzaga keldi. Qaysidir manoda tanaffus jamoa uchun vaqtincha qo'nish vazifasini bajarib, futbolchilar o'ziga kelib olishiga yordam berdimi?

- SHunday desak ham bo'ladi. Tiklanib olishimiz uchun yordam berdi. SHuningdek ispaniyalik murabbiy Luisma Ernandesning ham xizmati katta. Ichki muhitni yaxshilashga erishdi, deya olaman. 

- Aleksandr Lobanov, Kamoliddin Tojiev kabi futbolchilar so'nggi turlarda safga qaytdi. Bunday masuliyati katta o'yinda liderlar ko'p narsani hal qiladi...

- Ularning safimizga qaytgani jamoaning ruhini ko'tardi. Bu fikrga qo'shilaman. Qiyin paytda tajriba baribir o'z so'zini aytadi. Etakchilarning o'rni katta, deb o'ylayman. Lekin yoshlarsiz ham vazifasini bajara olmasdik. CHunki maydonda 11 kishi o'ynaydi. 

- "Metallurg" siz uchun qadrdon jamoa hisoblanadi. SHu klub orqali muxlislarga tanilgansiz. Lekin siz o'ynagan paytdagi bilan solishtirganda o'zgarishlar ko'p. Bu sizda qanday fikrlarni uyg'otdi?

- Mazkur jamoada o'zimni juda yaxshi his qilaman. Muxlislari ham o'zgacha. Men uchun qadrdon jamoa bo'lib qolgan. Ko'p narsalar o'zgargan. Jamoa bazasi yaxshilangan. Akademiya ishga tushirildi. Ko'p o'zgarishlarga qo'l urilgan. 

- Mavsum boshida chempionat qanday o'tishini taxmin qilgan edingiz? 

- Boshqa jamoalarning qaysi o'rinlarni egallashlarini taxmin qilmaganman. Lekin "Metallurg" mavsumni tepa o'rinlarda tugatishini taxmin qilgandim.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика