So’nggi yangiliklar

15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  7 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  2 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  9 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  3 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7

SHahzod Azmiddinov "Paxtakor" murabbiylari – Arveladze, Xyuistra, Voyneski va SHackixni solishtirdi Yangiliklar

SHahzod Azmiddinov "Paxtakor" murabbiylari – Arveladze, Xyuistra, Voyneski va SHackixni solishtirdi

"Paxtakor" himoyachisi SHaxzod Azmiddinov "Fint Turaeva" podkastida Toshkent klubida ishlagan murabbiylar haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Arveladze bilan deyarli ishlamaganman, bir oydan kam. Men u haqda hech narsa deya olmayman. Lekin aniq ayta olamanki, Xyuistra juda kuchli murabbiy. U taktik tayyorgarlikka ega edi, hammasi taktika bilan bo'lardi: "kvadratlar", turli mashqlar, himoyachilar bilan alohida, tayanch yarim himoyachilari bilan alohida ishlanardi. Har bir futbolchi malum bir poziciyada nima qilishi kerakligi yozib qo'yilardi.

Voyneski bilan chiqishmas edik. U "Paxtakor"ga kelishi bilan meni tarkibdan chiqarib yubordi. Undan oldin faoliyat yuritgan Xyuistra qo'l ostida ozmi-ko'pmi barqaror o'ynadim. Bir taym yoki butun o'yin, hatto o'ng qanot himoyachisi sifatida ham o'ynardim. Voyneski kelishi bilanoq meni zaxiraga o'tkazdi.

Yig'indalarda mashg'ulot o'tkazdik, o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdik. Transfer oynasi yopilishiga 10-15 kun qolganida Voyneski menga: "Bor, o'zingga yangi jamoa qidir", dedi. Men: "SHuni vaqtliroq aytmaysizmi? Sal oldinroq aytganingizda, o'zimga yangi jamoa topgan bo'lardim". Keyin shug'ullanib yurdim, bazan o'rinbosarlar jamoasida harakat qildim. Biroz vaqt o'tgach, u meni boshlang'ich tarkibga qaytardi, men bir nechta o'yin o'tkazdim, hattoki OCHLda "Al Taavun"ga qarshi o'yinda ham qatnashdim. Ammo Voyneskining menga munosabati unchalik yaxshi emasdi.

Maksim SHackix – butunlay boshqacha murabbiy. U juda xushmuomala va har doim yordam berishga tayyor. U va o'yinchilar o'rtasida katta "masofa" yo'q, u hamma bilan gaplasha oladi. SHunday bo'ladiki, agar futbolchi ikki-uch marta xatoga yo'l qo'ysa, murabbiy darhol uni zaxiraga o'tkazib qo'yadi. SHackix bilan bunday emas: agar futbolchi bir necha marta xato qilsa, uni qo'llab-quvvatlaydi. U kutadi. Hatto menga shunday degan: "Men yaxshiroq o'ynashingni kutyapman. Keyin seni Evropaga o'zim jo'natib yuboraman".

SHahzod Azmiddinov ishtirokidagi "Fint Turaeva" podkastining to'liq versiyasi bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin (rus tilida):



Ushbu podkastda siz quyidagilarni bilib olasiz:

• SHahzod qanday qilib ko'cha bolasidan professional futbolchiga aylandi;

• Mushtlashuvda og'ir jarohat olib, futbolni deyarli tark etgani;

• "Paxtakor"ning joriy mavsumdagi natijalari;

• va boshqalar.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика