SHahboz Umarov: "O'rtamizda hech qanday qarama-qarshilik bo'lgani yo'q, zaxiraga olishni o'zim so'radim"
20 fev 2022 22:28
Yangiliklar
SHahboz Umarov: "O'rtamizda hech qanday qarama-qarshilik bo'lgani yo'q, zaxiraga olishni o'zim so'radim"
BATE klubining o'zbekistonlik futbolchisi SHahboz Umarov jamoa bilan kelishmovchilikka borgani to'g'risidagi xabarlarga oydinlik kiritdi.
Avvalroq jurnalist Vladislav Tatur O'zbekiston terma jamoasi azosining BATE ustozi Aleksandr Mixaylov bilan kelishmovchiligi tufayli o'rinbosarlar jamoasiga o'tkazilgani aytilgandi.
Futbolchi bu haqda quyidagicha fikr bildirdi:
"Menda klub bilan bog'liq hech qanday muammo yo'q. Jarohatim sababli murabbiydan almashtirishni o'zim so'radim. Menimcha, zaxiraga olinganimdan so'ng darhol kiyinish xonasiga kirib ketganim uchun odamlar meni murabbiy bilan ziddiyatga borgan deb o'ylagandir. Hozirda yakka tartibda shug'ullanyapman".
Eslatib o'tamiz, kecha "SHaxtyor" Petrikovga qarshi o'rtoqlik uchrashuvining birinchi bo'limida (2:2) Umarov bosh murabbiy Mixaylov tomonidan zaxiraga olingandi.
Fikrlar