So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  0 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  0 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  1 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  0 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  23 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  2 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

SHahboz Beg'amov: "Paxtakor" Voyneski davridagi jamoadan ko'ra ikki karra kamroq vaziyat yaratmoqda" Yangiliklar

SHahboz Beg'amov: "Paxtakor" Voyneski davridagi jamoadan ko'ra ikki karra kamroq vaziyat yaratmoqda"

Taniqli insayder SHahboz Beg'amov o'z telegram kanalida "Paxtakor" - "Nasaf" uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Nasaf" muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman.

Jamoa bugun o'yin taraflama, taktik tomondan va vaziyatlar yaratish borasida "Paxtakor"dan ustun o'ynadi. "Paxtakor" real imkoniyat yoki vaziyat yaratmadi. Juda bo'sh o'ynadi. Ishtiyoq jihatdan ham "Nasaf" raqibiga qaraganda ikki karra ko'proq g'alabani istadi.

"Paxtakor" futbol o'ynagan temp o'rta darajadan past, agressiya nol va ishtiyoq butkul ko'rinmadi. Tabiiyki bunday bo'sh o'yinda birorta aytarli vaziyat yaratilmadi.

O'yindagi gol "iz nichego", "fonar" urildi, to'g'ri. Lekin shundan keyin "Nasaf" katta jamoalardek tartib bilan natijaga qaratilgan o'yin qildi. Menimcha, "Nasaf" bugun "Paxtakor"dan ko'proq va kuchliroq qarshilik kutgandi. "Nasaf" juda oson yutib ketdi.

Kulguli eshitilishi mumkin, lekin "Paxtakor" qatorasiga nechanchi o'yindirki Voyneski davridagi jamoadan ko'ra ikki karra kamroq vaziyat yaratmoqda. Slavche paytida jamoa o'yinida tartib bo'lmagan bo'lsada, hujumdagi vaziyatlar etarlicha tashkil qilingan. SHunchaki "realizaciya" juda past bo'lgandi.

"Paxtakor" chempionlik o'yinini o'z uyida yutqazdi. "Nasaf" eng qiyin raqibiga qarshi Toshkentda muhim o'yinni o'z foydasiga yutdi.

Superliga chempionlik poygasida juda katta burilish.

Buyog'iga "Nasaf" chempionat peshqadami sifatida qolgan 6 turni juda yuqori bosimda o'tkazadi. Jamoa mentalitet jihatdan bunga tayyormi? Agar tayyor bo'lsa, unda qarshilik muxlislar juda uzoq kutgan onlarga oz qoldi. "Nasaf" ishtirokidagi o'yinlar juda katta qiziqish va ajiotaj uyg'otadi", deb yozadi Beg'amov.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика