So’nggi yangiliklar

18:50Сиаваш Ҳақназарий: "Биринчи давра қандай ўтгани ҳақида гапиришни истамайман. Янги бош мураббий жамоавий руҳимизни ўзгартирди"  0 18:23ПРО-Лига. "Шўртан" – "Бухоро": Асосий таркиблар маълум  0 18:16ПРО-Лига. "Арал" – "Дўстлик": Асосий таркиблар маълум  1 18:11Жаҳон чемпионати саралаш босқичи. Ўзбекистон - КХДР учрашувини Аҳмад ал Каф бошқариб боради  10 17:54Буни кўрдингизми? Де Брюйне услубини ўзгартиради   3 17:30Энцо Фернандес янги мавсумда "Челси"нинг сардорларидан бири бўлади  0 17:12Левандовски янги мавсум тақвими ҳақида: "Ҳар икки кунда майдонга тушиб, максимум имкониятларингизни кўрсатишнинг иложи йўқ"  0 16:49Кефрен Тюрам: ""Ювентус"га трансфер — бу тақдир"  0 16:21Расман: Аарон Ансельмино — "Челси" футболчиси!   0 15:51Килиан Мбаппе "Реал" таркибидаги илк машғулотини ўтказди  2 15:26"Насаф" - "Пахтакор" учрашувини Абдураҳмонов бошқариб боради. Суперлига 15-турига расмийлар тайинланди  11 15:02Анчелотти: "Реал" — менинг охирги клубим"  4 14:34"Ливерпуль" Испания термаси ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 14:10Доминик Соланке "Тоттенхэм"га ўтишга рози  2 13:54Ўзбекистон кубоги. Ярим финалга қачон қуръа ташланиши маълум бўлди  8

SHahboz Beg'amov: "Men "SA"ga qanday kelganman?" Yangiliklar

SHahboz Beg'amov: "Men "SA"ga qanday kelganman?"

Yangi yil kirib kelishiga ham sanoqli soatlar qolmoqda.
Bayram tuhfasi sifatida saytimiz o'quvchilariga yana bir yangi loyihani taqdim etamiz. Loyiha Men "SA"ga qanday kelganman? deb nomlanadi va unda sayt ijodkorlarining qanday qilib championat.asiaga kelishgani haqida so'z boradi.

"Avvalo barchani kirib kelayotgan yangi 2015 yil bilan muborakbod etaman! Yangi yilda sihat-salomatlik, baxt va omad hammamizga hamroh bo'lsin!

2010 yildan buyon futbol saytlari va gazetalarda yozgan maqola va intervyularimni "qoralama" qilib kelaman. Bundan bir necha yil avval "Fk.uz" degan sayt bo'lardi. Birinchi ish joyim aynan shu sayt bo'lgan. Bu sayt "FutGOL" gazetasi bilan hamkorlikda ishlardi. O'shanda meni yurtimizdagi taniqli va tajribali futbol jurnalisti Xayrulla Xoliqov ushbu gazetaga ishga chorlagandilar.
SHundan so'ng orada "Nasaf" futbol klubi matbuot xizmatida bir yil muddat ishladim. 2013 yili gazeta va sayt o'z faoliyatini tugatdi. Orada bir muddat ishsiz yurdim.

Men "CA"ga qanday kelganman? Bu juda qiziq bo'lgan men sizlarga aytsam.

Bir kuni "CA" loyihasi rahbari Nodirxo'ja Yuldashev hamkasblari va do'stlari Behzod Nazarovning "agent"i orqali menga yozib qoldilar. Bo'sh bo'lsang saytga yozib tur, sekin-asta o'z tajribangni oshirib, o'zingni ko'rsatsang kelajakda saytimizda ish boshlashing mumkin deb aytib qoldilar. Yurtimizda o'z o'rniga ega bo'lib borayotgan "Championat.asia" saytida ishlash taklifi meni qiziqtirib qo'ygandi.

Lekin bazi sabablarga ko'ra, taklifga darrov javob bera olmadim. Kunlarning birida tvitterda "CA" rahbari Nodirxo'ja Yuldashev ofisda xodimlar o'rtasida "PES-2013" simulyatorida mini-turnir tashkil qilishgani haqida yozdilar. SHunda men "zo'ri" bormi o'zi deb yozib qoldim. Nodirxo'ja Yuldashev esa bir kelib-ket, o'shanda ko'ramiz kuchingni deb aytdilar.

Toshkentda istiqomat qilayotganimdan buyon men uchun "xobbi" hisoblangan "PES-2013"da hali meni hech kim mag'lub etmagandi va balki "Championat.asia" ofisida jiddiy raqib topilar deb keldim. Aytadi-ku, keldim, ko'rdim va bildim deb. Maqtanishga yo'ymangu, har doimgidek menga munosib raqib topilmadi pleysteshindagi "PES-2013" o'yinida.

Ofisga kelganimda Tolibjon Qosimovni bizning eng "kuchli igrok" deyishdi. Tolibjon Qosimov bilan o'yin qiyin kechdi va bir amallab yirik hisobda g'alaba qozondim. Nodir aka esa biz hali endi boshladik, hali qo'limizni "kelishtirib" olaylik deb gapni olib qochdilar. Ha, aytgancha, o'sha kuni Nodirxo'ja Yuldashev bitta "obed"ga tushgandilar.

Keyinchalik bilsam, Nodirxo'ja Yuldashev Xayrulla Xoliqov orqali menga rasmiy taklif bilan chiqibdi. "SHahboz, gapning qisqasi bizga yana bitta xodim kerak. Men Nodirga seni ishga olsak yaxshi bo'lardi deb aytdim. Nodir ham shuni istamoqda. O'ylab ko'r va aniq javobni ayt", - deb yozdilar. Man esa bajonidil rozi bo'ldim.

Qolgan masalani Nodir aka bilan hal etdik va 2013 yilning mart oyidan men uchun juda qadrli bo'lib qolgan "Championat.asia"da rasman ish boshladim. Bungacha ozmi-ko'pmi boshqa joylarda ham ishlab ko'rgandim. Hammasining o'rni bo'lakcha bo'ladi. Bu tabiiy. Lekin shuni aytishim kerakki, "CA" umuman o'zgacha olam. Bu erda faqat futbol kishilari ish yuritishadi. Barcha masalalar birgalikda, jamoa bilan hal etiladi. Bu balandparvoz gaplaremas. Hamkasblarimiz bilan juda inoq bo'lib ishlab kelyapmiz. Men uchun Nodirxo'ja Yuldashev, Xayrulla Xoliqov, Narzulla Saydullaev, Tolibjon Qosimov, "qo'shni"miz hisoblangan "Olamsport" sayti etakchisi Kamoliddin Alimov, Jasur Aslanov, Aziz To'xtamurodov, Omonjon "terminator" bilan ishlash juda yoqadi. Ustoz jurnalistlar Xayrulla aka, Nodir aka, Kamoliddin aka, Narzulla akalardan shu qisqa fursat ichida juda ko'p narsalarni o'rganib kelmoqdaman.

Ishdagi asosiy vazifam to'g'risida so'z yuritadigan bo'lsam, mening ish vaqtim ko'proq tungi paytga to'g'ri keladi. Asosan kechasi bo'ladigan evrofutbol o'yinlari, matnli translyaciyalarni imkon qadar yoritib borishga harakat qilib kelmoqdaman. Bazida "Milan", "CHelsi", "Inter", "Yuventus" va boshqa jamoalar muxlislari nega bizning jamoalar o'yinlarini matnli translyaciya qilmaysizlar deb qolishadi. Ularni juda to'g'ri tushunaman. Ammo ko'proq auditoriya, taklif va istaklardan kelib chiqib, "Real" va "Barselona" o'yinlarini onlayn qilaman. Kamida ular ayni mening ish vaqtim boshlangan paytda o'ynaydilar. SHu bois boshqa jamoa muxlislari buni to'g'ri qabul qilishadi deb umid qilaman va kelajakda ularning istaklarini inobatga olaman. Ha aytgancha, "Real" va "Barselona"ning muxlisi emasman. Buni alohida takidlab o'tishni joiz deb topdim.

Gap kelganda shuni ham aytib o'tay. Mening birinchi ish joyimda va hozir saytda ham ishlashimda Xayrulla Xoliqovning xizmati bo'lgan. Bazida o'ylab qolaman, mening "tankam" Xayrulla akamikin deb. Ko'p gapirib yubordim-a? Yana sal qolsa unutay debman, Nodirxo'ja Yuldashev PES-2013da bo'lmasa-da, yangi chiqqan FIFA-2015 o'yinida meni yutib turibilar. Endi boshliqqa yutqazib turmasak bo'lmas)

Yangi yilingiz bilan, aziz yurtdoshlar!"
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика