SHackix: "SHovkovskiy men uchun jahonning birinchi raqamli darvozaboni"
19 iyu 2016 14:10
Yangiliklar


SHackix: "SHovkovskiy men uchun jahonning birinchi raqamli darvozaboni"
O'zbekiston terma jamoasi sobiq hujumchisi, hozirda Kievning "Dinamo" klubining 19 yoshgacha bo'lgan jamoasi murabbiyi Maksim SHackix Aleksandr SHovkovskiyning "SHaxtyor"ga qarshi Ukraina Superkubogi uchun bashdagi (1:1, 4:3 pen.) o'yiniga baho berdi.
"Qaytarilgan penaltida Aleksandr SHovkovskining xizmatini hisobga olish kerak. U zarbadan oldin ikki tarafga harakatlanadi va ko'plab holatlarda futbolchilar o'zini yo'qotib qo'yadi. SHovkovskiy doimo bir uslubda harakat qiladi va bu foyda keltirmoqda.
U penaltilar qiroli! Men uchun SHovkovskiy jahonda birinchi raqamli darvozabon! Faqat SHovkovskiy va Buffon penaltilar seriyasida yuqori foydalilik qobiliyatiga ega" - deydi SHackix.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar