So’nggi yangiliklar

19:05ЛаЛига. "Барселона" - "Реал" 0:0 (матнли трансляция)  28 19:00Суперлига. "Машъал" – "Қизилқум" (матнли трансляция)  0 18:46"Барса"га Гримальдо ва Бастони қизиқми?  0 18:13"Капаз" — "Сумқайит". Таркиблар маълум  0 18:08РПЛ. "Акрон" бешта гол урилган ўйинда "Ахмат"ни мағлуб этди, Эсанов эса...  2 18:00АПЛ. "Ньюкасл" ўз уйида "Челси"ни ишончли ҳисобда мағлуб этиб, учинчи ўринга чиқиб олди, "аристократлар" биринчи бўлимда ўн киши бўлиб қолишди  8 17:40"Байер" — "Боруссия Дортмунд". Таркиблар маълум  0 17:28"Машъал" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  1 17:19Суперлига. "Навбаҳор" - "Хоразм" (матнли трансляция)  12 17:11"Тоттенхэм", "Ноттингем Форест" ва МЮ иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари маълум  0 17:05"Сивасспор" — "Бодрумспор". Таркиблар маълум  0 16:30"Реал" янги дарвозабон сотиб олмоқчи. Номзодлар маълум  9 15:58Куртуа "Реал" билан шартномасини узайтиришга яқин  1 15:31Бруну Фернандешнинг вакиллари Саудия Арабистони клуби билан музокараларни бошлади  3 15:00"Пахтакор" футболчилари Эл Классикода қандай ҳисоб қайд этилишини тахмин қилди, Сергеевдан антиқа жавоб  14

SHackix: "Biz formalarimizni uyga olib ketib, o'zimiz yuvamiz" Yangiliklar

SHackix: "Biz formalarimizni uyga olib ketib, o'zimiz yuvamiz"

O'zbekiston terma jamoasi sobiq hujumchisi va ayni damda Ukrainaning "Goverla" klubida to'p tepayotgan Maksim SHackix, jamoaning moliyaviy muammolari haqida so'zlab berdi.

"Agar sen 36 yoshingda jamoaning 18taligiga kira olmasan, demak nimanidur noto'g'ri qilyapsan yoki atrofingda qandaydir voqealar yuz beryapti. O'z joyimda kimdandur kuchsizroqman deya olmayman, lekin so'nggi qarorni murabbiy qabul qilishini bilaman.

Uzoq vaqt davomida umumiy guruhda shug'ullanib, o'yinga tayyorgarlik ko'rdim. To'g'ri, haroratim bilan g'alatilik bo'ldi: Tibbiy ko'rikdan o'tdim, analiz topshirdim, UZI va MRTdan o'tdim, ammo hech kim aniq diagnoz qo'ygani yo'q... 3 kun ketma-ket haroratim 37, 36,7 , 36,8 dan tushmadi. Bunday mayda-chuyda bilan shifokorlarni bezovta qilmayman. Kim biladi, balki shu harorat meni yoshim uchun odatiy holdir.

Oxirgi marta qachon maoshni ko'rdik? Tez orada bir yillik bayram bo'ladi. Pul berishgan, ammo aniq qaysi o'yin yoki oy uchunligi aniq emas. Mukofot puli? Oldingi savolingizga javob berayotib men oylik maoshni nazarda tutgan edim. Qo'shimcha pul olmaymiz. Bizda hech qanday sharoit yo'q. Oddiy bir misol keltiraman: klubda kir kiyimlar yuvilmaydi. Biz formalarimizni uyga olib ketib, o'zimiz yuvamiz. Faqat o'yinga ketishdan oldin ovqatlanamiz. Qisqa qilib aytganda, o'zimizni o'zimiz boqamiz" - deydi SHackix.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика