"SHabab Al Ahli"dan irodali durang, Azizjon G'anievdan chiroyli golli pas
02 jan 2021 15:52
Yangiliklar


"SHabab Al Ahli"dan irodali durang, Azizjon G'anievdan chiroyli golli pas
O'yining 14-daqiqasida tablodagi hisob 2:0 edi. Bundan tashqari "Al Vasl" 8-daqiqadayoq 10 kishi bo'lib qolgandi.
Ikkinchi taym boshida "SHabab Al Ahli" legioneri Karlos Eduardo jarimadan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'llab hisobni qisqartirdi. 56-daqiqada o'zbekistonlik Azizjon G'anievning ajoyib tarzda uzatib bergan to'pini yana o'sha Karlos Eduardo boshi bilan darvozaga yo'lladi - 2:2.
O'yin so'nggiga qadar hisob o'zgarmadi va "SHabab Al Ahli" 12ta turdan so'ng 16 ochko to'plab, musobaqa jadvalining 8-pog'onasida bormoqda.
G'aniev jamoasi keyingi turni 15 yanvar kuni o'z maydonida "Al Nasr"ga qarshi o'tkazadi. 7 yanvar kuni Arab Ko'rfazi kubogi doirasida "Xorfakkan" klubi mehmoni bo'ladi.
Al-Wasl Joao Figueiredo - 3', Joao Figueiredo - 14' |
Arabian Gulf League . 12-tur 01/01/2021, 21:00 2
:
2
Tugadi
|
Shabab Al-Ahli Dubai FC Carlos Eduardo - 49', Carlos Eduardo - 56' |
O’xshash yangiliklar

Fikrlar