OCHL. "SHabab Al Ahli" bosh murabbiyi": "Kondicionerli stadionda o'ynaganimiz bizga yordam berdi"
15 sen 2020 10:14
Yangiliklar
OCHL. "SHabab Al Ahli" bosh murabbiyi": "Kondicionerli stadionda o'ynaganimiz bizga yordam berdi"
OCHL 3-turida Azizjon G'aniev o'ynayotgan BAAning "SHabab Al Ahli" klubi Eronning "SHahr Xodro" klubiga qarshi bahsda 1:0 hisobida g'alaba qozondi.
O'yindan keyingi matbuot anjumanida "SHabab Al Ahli" ustozi Jerar Saragosa o'z fikrlarini bildirdi.
"Oxirgi olti oyda birinchi rasmiy o'yinda maydonga tushgan futbolchilarimni tabriklashni istayman. Ular oxirigacha kurashishdi va uch ochko qo'lga kiritishdi. Bunday uzoq muddat o'yin o'tkazmay maydonga tushish qiyin bo'ldi. Dunyoga biz bu musobaqaga tayyor ekanligimizni namoyish etish uchun ko'p mehnat qildik.
Biz BAAda issiq havoda mashg'ulot qildik va tayyorlandik. Ammo bugun kondicionerli stadionda o'ynadik va bu bizga anchagina yordam berdi. Ayniqsa himoyadan hujumga o'tishda bu sezildi", - deydi Jerar Saragosa.
Fikrlar