"SHabab Al Ahli" bosh murabbiyi: "Futbolchilarimga AGMKga dastlabki 15 daqiqada kuchli bosim qilish kerakligini aytdim"
25 apr 2021 10:32
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/633619_original.jpg)
![](/upload/storage/633619_220.jpg)
"SHabab Al Ahli" bosh murabbiyi: "Futbolchilarimga AGMKga dastlabki 15 daqiqada kuchli bosim qilish kerakligini aytdim"
OCHL 4-turidan o'rin olgan "SHabab Al Ahli" - AGMK (3:1) uchrashuvidan keyin BAA klubi ustozi Mahdi Ali o'z fikrlarini bildirdi.
"Og'ir o'yin bo'ldi, g'alaba qozonganimizdan xursandmiz. Futbolchilarimni tabriklayman va natijadan albatta mamnunman. O'yindan avval shogirdlarimga g'ayrioddiy hech nima demadim, shunchaki bu muhim o'yin ekanligini va juda diqqatli bo'lishimiz kerakligini aytdim. Dastlabki 15 daqiqada raqibga kuchli bosim qilishni tayinladim. Futbolchilarim ko'rsatmalarni alo darajada bajarishdi.
Bugungi bahsda besh himoyachi bilan o'ynashga qaror qildik, sababi AGMK safida yaxshi hujumchilar va qanot futbolchilari bor. SHu bois himoyachilar sonini oshirdik.
Ular o'z uslublarini o'zgartirishdi va biz hujumdan himoyaga o'tdik. O'yinga moslashishga urindik," - deydi Mahdi Ali.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar