BAA chempionati. “SHabab Al Ahli” safarda zafar quchdi. Hamrobekov va Masharipov esa 2-taym davomida zaxiraga olindi
20 mar 2021 21:03
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/626463_original.jpg)
![](/upload/storage/626463_220.jpg)
BAA chempionati. “SHabab Al Ahli” safarda zafar quchdi. Hamrobekov va Masharipov esa 2-taym davomida zaxiraga olindi
O'yinda hisob 11-daqiqada penaltidan Federiko Kartabiyaning aniq zarbasidan so'ng ochildi. 2-taym boshida Idriss Mzauiyani oradagi farqni tikladi. 67-daqiqada esa mezbonlarning argentinalik himoyachisi Pedro Pavlov avtogol muallifiga aylandi va g'alaba dubayliklarga nasib etishiga sababchi bo'ldi.
Uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan Odiljon Hamrobekov 64-daqiqada zaxiraga olindi. Uning o'rniga hujumchi Ahmad Al Hasmi tushdi. Uchrashuv oxirlarida esa Jaloliddin Masharipov o'rnini zaxiradan yana bir hujumchi Yahyo Al Hassani egalladi.
“SHabab Al Ahli” bugungi g'alabadan keyin ochkolarini sonini 40 taga etkazib, turnir jadvalida 3-o'ringa ko'tarildi.
“Al Dafra” – “SHabab Al Ahli” – 1:2 (0:1, 1:1)
“SHayx Hamdan Bin Zayd” o'yingohi
Gollar: Kartabiya (pen.) 11 – 0:1, Mzauiyani 53 – 1:1, Pavlov (ag) 67 – 1:2
“SHabab Al Ahli” – Hamza, Sanqur, Abbos, Al Kamoli, Marzuq, Majid Hassan, Hamrobekov (Al Hasmi, 54), Masharipov (Al Hassani, 90), Muhammad Juma Iyd (Eduardo, 65), Kartabiya (Suhayl 65), Igor da Kruz (Iyd Hamis, 86).
BAA CHEMPIONATI TURNIR JADVALI
Al-Dhafra Idriss Mzaouiyani - 53' |
Arabian Gulf League . 22-tur 20/03/2021, 18:45 2
:
1
Tugadi
|
Shabab Al-Ahli Dubai FC Federico Nicolas Cartabia - 11', Pedro Pavlov - 67' |
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar