So’nggi yangiliklar

09:50"Челси" футболчилари ЖЧдаги ғалабадан сўнг қанчадан бонус олишлари маълум  0 09:16МЮ ўтган йилнинг энг яхши дарвозабонига расмий таклиф билан чиқди  0 08:44"Манчестер Сити"да Гвардиоланинг илтимосига кўра 6 нафар футболчини тарк этиши мумкин  9 08:10"Пахтакор" яна бир футболчи билан келишувга эришди  3 07:38Эрон ОАВ. "Тракторсози" Ҳамробековнинг трансферига қанча тўлашини маълум қилди  3 00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  1 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  7 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпул"нинг “боши қотган”  2 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  4 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  16 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  3 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0

“Sevinch” safarda “Buxoro W” jamoasini yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

“Sevinch” safarda “Buxoro W” jamoasini yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi

"Sevinch" Buxoro shahrida “Buxoro W” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvni jamoamiz ko'tarinki ruhda boshlashdi.

Uchrashuvning 1-daqiqasidayoq to'g'rirog'i 51-sekundida jamoamiz o'yindagi hisobni ochishga erishdi. Maydon markazidan boshlangan tezkor hujum  gol bilan yakunlandi, tezkor golni yarim himoyachimiz Zumrat Nazarova kiritdi – 0:1.

Oradan bir-ikki daqiqa o'tib, aniqrog'i 4-daqiqada Zumrat Nazarova o'zining uchrashuvdagi ikkinchi golini kiritishga erishdi – 0:2.

Ushbu goldan so'ng mezbonlar ham oldinga o'tishga urinib ko'rishdi, ammo bunga jamoamizning mahoratli himoyachilari yo'l berishmadi. O'yinning 8-daqiqasida darvozani ishg'ol qila olmagan jamoamizning to'urari Zebo Jo'raeva 13-daqiqada mavsumdagi 29-golini kiritshga muvaffaq bo'ldi. Jamoaoshlari uni jarima maydon yaqinida to'p bilan taminlashdi, Z.Jo'raeva esa bir necha himoyachini aldab o'tib, darvozaga aniq zarba yo'lladi- 0:3.

Uchrashuvning 21-daqiqasida “Buxoro W” jamoasi tarkibida o'zgarish bo'ldi, maydonni tark etgan Munisa CHorievaning o'rniga Dilshoda Niyozova maydonga tushdi.

O'yin shunday davom etayotgan paytda jamoamiz ozroq orqaga chekinish qilishdi, bu vaziyatda mezbonlar hujumlar uyushtirishga harakat qilishdi, natijada butun jamoa bo'lib himoya qilayotgan buxorolik qizlar himoyani bo'sh qoldirishdi, tajribali o'yinchilarimiz esa qarshi hujum uyushtirishib, ketma-ket ikki marta yana ularning  darvozasini ishg'ol qildilar. Avvalo Zumrat Nazarova o'zining uchrashuvdagi 3-golini kiritib, xet-trik qayd etgan bo'lsa, oradan ko'p vaqt o'tmasdan Zebo Jo'raeva o'zining uchrashuvdagi 2-golini kiritdi – 0:5. Zebo Jo'raevaning bu goli mavsumdagi 30-goli bo'ldi.

Bu hisobda ham qizlarimiz to'xtab qolishmadi. Ular yana oldinga o'tishda davom etishdi. Uchrashuvning 39-daqiqasida murabbiylarimiz Zebo Jo'raevaning o'rniga yana bir hujumchi Nilufar Qudratovani maydonga tushirishdi, chunki oldinda yana muhim o'yinlar bor, golurar hujumchimizni ana shu o'yinlarga ayash kerak edi.

Birinchi bo'limning qolgan daqiqalari ham jamoamiz ustunligida o'tdi. Bo'lim 0:5 hisobida jamoamiz foydasiga hal bo'ldi.

Ikkinchi bo'lim boshida jamoamiz tarkibida yana o'zgarish bo'ldi. Tarjibali himoyachimiz Oliya Axmedova o'z o'rnini yosh o'yinchilarimizdan biri Fayoza Samandarovaga bo'shatib berdi. Ikkinchi bo'limni jamoamiz boshlab berdi va tashkil etilgan tezkor hujum gol bilan yaunlandi, Oldingi chiziqda turgan Mariya Moiseevani jamoadoshlari to'p bilan taminlashdi va M.Moiseeva esa bir necha o'yinchlarni aldab o'tib, darvozaga aniq zarba berdi – 0:6.

Mahliyo Sarikova ham bugungi uchrashuvda gol kiritdi. 55-daqiqada uning chamasi 30 metrlardan bergan kuchli zarbasini “Buxoro W” jamoasi darvozaboni Gokkajon Uraeva qaytarishga ojizlik qildi – 0:7.

Ushbu hisobdan so'ng o'yin asosan maydonning raqib jamoasi tarafida bo'ldi, jamoamiz faqat hujumda o'ynashdi, raqiblar esa himoyada o'ynashga majbur bo'lishdi. O'yin ana shunday kechayotgan bir paytda yosh hujumchimiz Nilufar Qudratova 72-daqiqada uchrashuvdagi 8-golni kiritdi – 0:8.

Uchrashuv qolgan daqiqalarida darvozalarga gollar kiritlmadi. SHunday qilib, jamoamiz mavsumdagi 15-g'albani qo'lga kiritdi va ochkolari sonini 45taga etkazib, yana turnir jadvalining birinchi pog'onasiga qaytdi.


XXI O'zbekiston chkmpionati, 15-tur.

“Buxoro W” (Buxoro) – “Sevinch” (Qarshi) 0:8

Buxoro sh., “Quruvchi” stadioni, 04.10.2015. 16:15da

Bosh hakam: Jaloliddin Husnitdinov (Toshkent).

Hakamlar: Kristina Sereda (Buxoro), Dilfuza Ro'zieva (Qarshi), Aleksandr Burov (Buxoro).

Nazoratchi: Vadim Beglaryan (Toshkent).

O'zPFL vakili: Alisher Fayziev.

Gollar: Zumrat Nazarova, 1-0:1, 4-0:2, 25-0:4, Zebo Jo'raeva, 13-0:3, 27-0:5, Mariya Moiseeva, 46-0:6, Mahliyo Sarikova, 55-0:7, Nilufar Qudratova, 72-0:8,

“Buxoro W”: 1.Gokkajon Uraeva, 2.Yulduz Saidova,  9.Maftuna Ochilova,  5.Nozima Hidoyatova, 7.Vazira Hayitova, 8.Munisa CHorieva (18.Dilshoda Niyozova 21), 10.Ekaterina Langaeva (s), 11.Sabina Jumaeva, 15.Muhayyo Jo'raeva, 17.Zebiniso Mavlanova, 20.Nargiza Rahimova.

Zaxira: 16.Nozigul G'iyosova, 6.Dilnoza Niyozova, 4.Nigina Haydarova, 8.Oliya Akramova.

“Sevinch”: 1.Olga Kaxarova (16.Matluba Abdirasulova 27), (12. Laylo Tilavova, 51), 5. Mahliyo Yusupova (9.Mahliyo Sarikova 27), 25. Zumrat Nazarova, 3.Oliya Axmedova (15.Feruza Samandarova 46), 11. SHaxzoda Jamolova, 4. Saida Xandamova, 7. Feruza Turdiboeva, 17. Tanzila Zarbieva, 18. Kamola Risqieva, 19. Mariya Moiseeva, 10. Zebo Jo'raeva (s) (23. Nilufar Qudratova 39).

Zaxira:  77.Kunnosa Netroyaj, 22. Angelina Poleshkevich.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика