“Sevinch”: Futbolchilarimiz terma jamoaga taklif etildi
29 jan 2017 08:40
Yangiliklar
“Sevinch”: Futbolchilarimiz terma jamoaga taklif etildi
Qura natijasiga ko'ra, O'zbekiston ayollar terma jamoasi “B” guruhidan joy oldi. Mazkur guruhda terma jamoa Janubiy Koreya, Gonkong, Hindiston va KXDR ayollar termasiga qarshi bahs olib boradi.
O'zbekiston ayollar terma jamoasi 3-11 aprel kunlari saralash uchrashuvlarini o'tkazadi.
Ushbu musobaqaga tayyorgarlik yuzasidan, SHerali Boboqulov boshchiligidagi terma jamoa 1-10 fevral kunlari Bekobod shahrida navbatdagi o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazadi.
Mazkur yig'inga “Sevinch” jamoasining 6 nafar futbolchisi taklif etildi, bular Laylo Tilavova, Maftuna Jonimqulova, Kamola Riskieva, Maftuna SHoyimova, Malika Burxonova, Nilufr Qudratovalar.
Eslatib o'tamiz, ayni kunlarda Qarshi shahrida yangi mavsum tayyorgarliklarini olib borayotgan “Sevinch” jamoamiz, 12 fevral kunlari Toshkentga boradi. U erda ayollar o'rtasidagi mini futbol bo'yicha XIII O'zbekiston chempionatining 2-tur uchrashuvlarida maydonga tushadi.
Fikrlar