So’nggi yangiliklar

17:15Расман: Элдорбек Суюнов - “Навбаҳор” футболчиси!  0 16:55"Бунёдкор" Абдунабиев, Итсуки Урата ва Луис Качоррини рўйхатдан ўтказди   0 16:34"Машъал" 4 нафар футболчини таркибга қўшиб олди  1 16:20"Нефтчи" футболчиси БАА чемпионатига йўл олди  3 16:03"Милан" Италия ўсмирлар футболчиси билан шартнома имзоламоқчи  0 15:40Фабрицио Романо: Бугун Эмерсоннинг "Милан"га трнасфери ҳал бўлади  1 14:47Париж-2024. Ўзбекистон эртага Доминикан Республикасига қарши кўк либосда ўйнайди  22 14:29Эндрик "Реал" 9-рақамда тўп тепмоқчи. Мбаппе 10-рақамни олгач, у ниятига етишига ишонмоқда  1 14:03Пеп "Милан"га имконият бой берилгач: "Ман Сити" бугун яхшироқ ўйнади"  2 13:36Рожерио Микале: "Мисрликларнинг жанговар руҳи Ўзбекистонни мағлуб этишда ҳал қилувчи роль ўйнади"   28 13:14"Барселона" араблардан максимал равишда кўпроқ пул ишлаб олмоқчи  5 12:46"Севилья" "Интер" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 12:19Тадич ҳам Саудия Арабистонига кўчиб ўтадими? Унда "Ал Қодисия"дан таклиф бор  1 11:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси Тошкентда йиғин бошламоқда — Даврон Чориев сафга қайтди   2 11:34МЮ ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтишга яқин турибди  3

“Sevinch” – 12 karra O'zbekiston chempioni! Yangiliklar

“Sevinch” – 12 karra O'zbekiston chempioni!

Bugun Qarshidagi “Geolog” stadionida markaziy uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda jamoamiz Bekobodning “Metallurg W” jamoasini qabul qildi.

Ushbu uchrashuvda "Sevinchi" mag'lub bo'lmasa, o'z tarixida 12-marta chempionlikni qo'lga kiritishi mumkin edi.

Jamoa futbolchi qizlari bugun nafaqat o'zlarining principial  raqiblari bilan bahslashib ijobiy natijaga erishishi, balki bu natija bilan muddatidan avval chempionlikni nishonlashi ham kutilayotgani bois,  katta hayajon ham bo'ldi.

Xuddi shuningdek bu hayajon bekobodlik futbolchi qizlarda ham o'yin davomida sezilib turdi. Oqibatda ular tomonidan xatolar ham ko'p bo'ldi.

Uchrashuvdagi hisob o'yinning 2-daqiqasidayoq jamoamiz tomonidan ochildi. Dastlabki tashkil etilgan hujumda jamoamiz sardori va to'purari Zebo Jo'raeva o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi – 1:0. Yuqorida takidlaganimizdek, bu vaziyatda raqib himoyachilari ham, darvozabon ham xatoga yo'l qo'ygan edi.

Oradan ikki daqiqa o'tib, yani 4-daqiqada mohir hujumchimiz Mahliyo Sarikova tomonidan jamoamizning ikkinchi goli kiritildi. Bu vaziyatda o'yinchilarimiz tomonidan darvoazaga kuchli zarba berildi. Darvozabon Gulandon Boymatova to'pga tashlanib, egallab olgandek bo'ldi. Ammo vaziyatga yaqin turgan Mahliyo Sarikova to'p darvozabon qo'lidan chiqib ketganini darrov payqab, engil zarbasi bilan to'pni darvozaga joylab qo'ydi – 2:0.

Kutilmaganda darvozasidan ikki to'p o'tkazib yuborgan “Metallurg W” jamoasida biroz sarosima kuzatildi. Bundan foydalangan futbolchilarimiz yana hujumlarga zo'r berishdi. Lekin raqib futbolchilari o'z hayajonlarini jilovlay olishdi va endi ular ham imkon bo'lgandan oldinga tashlanishdi.

Uchrashuvning birinchi bo'limiga qo'shib berilgan daqiqalarda mehmonlar 11 metrlik jarima to'pi ishlab olishdi. Jarimani Mavluda Munavvarova bexato amalga oshirib, hisobni qisqartirdi – 2:1.

Jamoalar ana shu hisobda tanaffusga chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo'lim, birinchi bo'limga qaraganda ham shiddatli va keskin kurashlarga boy tarzda boshlandi. Uchrashuv hakami ham o'yin davomida chuntagidan 6 marta sariq kartochkani chiqarishga majbur bo'ldi.

O'yinning 61-daqiqasida “Metallurg W” jamoasi yana bir standart vaziyatga ega bo'ldi. Bu safar ular jarima maydoni yaqinidan jarima to'pi tepadigan bo'lishdi. Jarimani jamoa to'purari Lyudmila Karachik tepdi. Uning deyarli o'tkir burchakdan tepgan to'pi darvoza to'ridan joy oldi – 2:2.

Bu hisob ham jamoamizni qoniqtirar, agar o'yin durang natija bilan yakuniga etgan taqdirda ham muddatidan avval chempionlikni nishonlashi mumkin edi. Ammo jamoamizning bugungi asosiy  maqsadi raqibni mag'lub etish bo'lgani uchun yana o'yinni ko'tarinki ruhda davom ettirishdi. Futbolchilarimiz tomonidan yana gol urish uchun ko'plab vaziyatlar yaratildi. Ammo gol urish qiyin kechdi.

Uchrashuvning 65-daqiqasida nihoyat yana bir tajribali o'yinchimiz Feruza Turdiboeva o'z mahoratini namoyish qildi, u uchrashuvdagi jamoamizning uchinchi golini kiritishga muvaffaq bo'ldi – 3:2.

O'yinning qolgan daqiqalari ham murosasiz va shiddatli kechdi. Jamoalar tomonidan gol urish uchun yana vaziyatlar yaratildi, ammo bu boshqa hech kimga nasib etmadi.

SHunday qilib, har ikkala jamoa uchun qiyin kechgan markaziy uchrashuvda “Sevinch” jamoamiz 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Jamoamiz bu g'alaba bilan joriy mavsumda muddatidan avval chempionlikni qo'lga kiritdi!

Eslatib o'tamiz. “Sevinch” jamoamiz bugun o'z tarixidagi 12-chempionlikni nishonladi! “Sevinch” qatorasiga 10 mavsumdan beri chempionlik shohsupasiga egalik qilib kelmoqda.

Bu quvonchli voqea bilan mavsum davomida katta mehnat qilgan murabbiylarimizni, futbolchilarimizni va barcha xodimlarimizni, shuningdek jamoamiz muxlislarini samimiy qutlab qolamiz!

XXII O'zbekiston chempionati, 19-tur

“Sevinch” (Qarshi) – “Metallurg W” (Bekobod) 3:2 (2:1)

05.11.2016. “Geolog” stadioni. Soat 15:00da

Bosh hakam:
Jasur Qudratov (Toshkent)

Yordamchi hakamlar:
Olimjon Abduxalimov (Navoiy), Jaloliddin Xusnitdinov (Toshkent)

Zaxira hakami: Husnora Jumaeva (Qarshi)

Nazoratchi: R.K. Davlatmurodov (Toshkent)

O'zAFA vakili: A.B. Fayziev (Toshkent)

Gol: Zebo Jo'raeva, 2′-1:0, Mahliyo Sarikova, 4′-2:0, Feruza Turdiboeva, 65′-3:2 – Mavluda Munavvarova (pen.), 45+2′-2:1, Lyudmila Karachik, 61′-2:2

“Sevinch”: 12.Laylo Tilavova, 8.Kamola Riskieva, 20.Zumrat Nazarova, 25.Maftuna SHoyimova, 11.SHaxzoda Jamolova, 19.Saida Xandamova, 7.Feruza Turdiboeva, 17.Tanzila Zarbieva (37.Malika Burxanova 36), 9.Mahliyo Sarikova, 55.Ilvina Ablyakimova ( 77.Nilufar Qudratova 63), 10.Zebo Jo'raeva (s).

Zaxira: 1.Olga Kaxarova, 16.Matluba Abdirasulova, 5.Mahliyo Yusupova, 18.SHoxida Tojiddinova, 27.SHodiya Tosheva.

“Metallurg W”: 1.Gulandon Boymatova, 4.Nasiba Xojieva, 6.Iroda Turdalieva, 8.Nargiza Abdirasulova, 11.Dildora Nazimova, 17.Lyudmila Karachik, 18.Yulduz Nabieva, 21.Holida Dadaboeva, 22.Mavluda Munavvarova, 77.Nozima Kamoltoeva, 99.Maxfuxa Turapova.

Zaxira: 30.Ziyoda Irisboeva, 7.Mardona Elamasova, 9.Kamola Berdieva, 19.Nozima Ergasheva, 20.Muqaddam Abdullaeva, 23.Diyora Habibullaeva, 97.Nodira Muydinova.

Ogohlantirish: Maftuna SHoyimova 55, Saida Xandamova 56, Feruza Turdiboeva 82 – Iroda Turdalieva 8, Lyudmila Karachik 58, Nasiba Xojieva 84.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика