"Sevilya" "Tottenxem"dan Lukas Mourani sotib olishi mumkin
03 okt 2022 14:31
Yangiliklar
"Sevilya" "Tottenxem"dan Lukas Mourani sotib olishi mumkin
"Tottenxem" hujumchisi Lukas Moura faoliyatini Ispaniyada davom ettirish ehtimoli mavjud.
Manbaga ko'ra, 30 yoshli braziliyalik futbolchiga "Sevilya" davogarlik qilmoqda. Ispaniya klubi qishki transfer oynasida futbolchini sotib olishga urinadi.
Moura joriy mavsum APLda 2 ta o'yinda maydonga tushib, jami 12 daqiqa o'ynadi. O'tgan mavsumda u 45 ta o'yinda 6 ta gol urdi va 8 ta golga assistentlik qilgan. Transfermarkt portali futbolchini 15 million evroga baholamoqda.
Fikrlar