"Sevilya" - "Real" 2:1. MATNLI TRANSLYACIYA. Yangiliklar

"Sevilya" - "Real" 2:1. MATNLI TRANSLYACIYA.

Ispaniya primerosining 30-turidan o'rin olgan "Sevilya" - "Real" o'yini bugun tunda saytimiz orqali matnli onlayn translyaciya qilinadi.
Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin.

                             MATNLI TRANSLYACIYA
                                        YANGILASH


Etiboringiz uchun rahmat! Doimo sog'-salomat bo'ling! Kelgusi futbol o'yinlarigacha!

90+4` O'yin tugadi! "Real" yana mag'lubiyatga uchramoqda. "Sevilya" esa ajoyib g'alabani tantana qilmoqda! "Atletiko" chempionatning yakka peshqadami bo'lib olmoqda. "Barselona" ikkinchi pog'onada. Madrid jamoasi esa hozircha uchinchi o'ringa tushib qoldi.

90+3` Beto to'pni egallab olmoqda!

90+3` Burchak to'pi. So'nggi imkoniyat.

90+3` O'yin tugab bormoqda. "Real" hozircha jim. Vaqt oz qolmoqda.


90+2` "Sevilya" muxlislari butun stadion bo'ylab kuylashmoqda! Ajoyib muhit!


90+1` Garet Beylning jarimadan tepgan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

90` Uchrashuvga 4 daqiqa vaqt qsho'ib berildi.

90` Rakitichning uzoqdan yo'llagan zarbasini Lopez qaytarib qoldi.


89` "Real" navbatdagi mag'lubiyatni qabul qilib olishga juda yaqin turibdi.

85` Xabi Alonso darvoza tomon zarba yo'lladi. Lekin noaniq.

84` Karlos Bakka maydonni tark etdi. Butun stadion ushbu futbolchini olqishlab qo'ydi. Uning o'rnida Gameyro qolgan daqiqalarda harakat qiladi.

83` Karlo Anchelotti asabiylashmoqda. Uni tushunsa bo'ladi.

80` "Sevilya" bugun qarshi hujumda juda yaxshi harakat qilmoqda.

77` "Real"ga nimalar bo'lyapti? Qanchadan-qancha vaziyatlarni ko'kka sovurmoqda Karlo Anchelotti shogirdlari. Bu turda ham "Real" mag'lubiyatga uchraydimi? Kuzatamiz!

74` Ronaldo!!!!!!!!!! Tezkor javob! Ronaldo sal qolsa hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Ajoyib hujum!

73` GOOOOOOOOL! Bakka! 2:1! Rakitich nimalar qildi? Maydon markazidan Bakka bilan ajoyib tarzda o'ynadi va Rakitich o'zining chiroyli pasi bilan Bakkani darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqardi. Bakka esa bu vaziyatda qanday harakat qilish kerakligini ko'rsatib qo'ydi. 2:1!


72` Ronaldo boshi bilan darvoza tomon zarba yo'lladi. Lekin Beto o'z o'rnida.

70` Beyl butsasini almashtirib olmoqda.

66` Modrich hozir Marseloni ajoyib vaziyatga chiqardi. Marselo esa to'pni jamoadoshiga etkazishda xatoga yo'l qo'ydi va hujum shu erda tugadi.

64` "Real"ning hujumlari davom etadi. Karvaxal, Marselo o'z qanotlari bo'ylab faollik ko'rsatishmoqda. Lekin yakuniy zarbaga kelganda "Real" futbolchilariga aniqlik etishmayapti.

61` Marko Marin Karvaxalga nisbatan qoidani buzgani uchun hakam tomonidan ogohlantirildi.

59` "Sevilya" ketma-ket ikki bor burchak to'pi tepdi. Lekin har ikkalasida ham "blankos"lik himoyachilar yaxshi harakat qilishdi va xavfni bartaraf etishdi.

57` Rakitich bugun mezbonlar safida faol.

55` "Real" borgan sari bosimni kuchaytirmoqda.

52` Ikkinchi bo'limda har ikkala jamoa himoyachilari tartibli o'yin ko'rsatishmoqda.

50` Bugungi bahs juda ko'p qo'polliklarga boy bo'lmoqda.

47` "Sevilya" hujum bilan boshladi ikkinchi bo'limni.

46` Ikkinchi taym boshlandi!

45` Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!

44` Ronaldo! Endi esa bu futbolchining zarbasini raqib himoyachisi chiziq ustidan bartaraf etib qolmoqda. Birinchi bo'lim so'nggi daqiqalari yanada qiziqarli tus oldi.

43` Beyl nimalar qilmoqda? Ajoyib imkoniyat! Beyl hozir ajoyib vaziyatni yo'qqa chiqardi!

41` Varan Rakitichga nisbatan maydon markazida o'yin qoidasini buzdi va raqib hujumini to'xtatib qoldi.

40` "Sevilya" javoban hujumga o'tdi. Rakitich noaniq pasi bu hujumni erta yakunalanishiga sabab bo'ldi.

39` Ronaldoning ajoyib zarbasi va Betoning chiroyli "seyvi"ni tomosha qildik.

37` Varan hujumga o'tdi. Beyl hujumni rivojlantirmoqchi bo'ldi. Lekin Garetning o'ylagan rejasinin jamoadoshlari tushunmay qolishdi va hujum shu joyda uzildi.

35` Maydon egalarining o'zlari tanaffusgacha ikkinchi golni kiritishmoqchi. Iborra va Rakitich "Real" darvozasi tomon zarba yo'lladi. Lekin bu ikkala zarba ham samara keltirmadi.

34` "Real" tanaffusgacha ikkinchi golni kiritish istagida. "Real"ning bu xohishiga "Sevilya" rozilik berarmikin?

33` O'yin tezligi biroz pasaygandek.

29` Ilyarramendining ajoyib zarbasi darvoza oldidan o'tib ketmoqda.

27` "Real" hujumda omadini sinamoqda.

25` Bakka-Reyes tandemi bugun madridlik himoyachilarga ancha tashvish tug'dira shekilli. Hozir ajoyib kombinatcion hujum xavfli zarba bilan yakunlandi.

23` Endi Beyl hakam tomonidan ogohlantirilmoqda. O'yin juda keskin kurashlar bilan davom etmoqda.

22` Iborraga sariq kartochka.

21` O'yin yanada qizimoqda. Har ikkala jamoa ham bugun hujumkor o'yin ko'rsatishmoqda.

19` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Bakka! 1:1! "Sevilya"ning tezkor hujumi gol bilan yakunlandi. Reyesning ajoyib to'p oshirishidan so'ng, Bakka Lopez darvozasini ishg'ol etdi. Hisob tenglashdi!

18` Ronaldoga nisbatan qoida buzildi. Yana jarima zarbasi. Lekin bu standart foyda bermadi.

16` "Sevilya" tezda oldinga otlandi. Rakitichning faolligi evaziga tashkil etilgan hujum yakuniga etmay qoldi.

14` GOOOOOOOOOOOOOOL! Ronaldo! 0:1! Jarima zarbasini jabrlanvchining o'zi amalga oshirdi. To'p yo'l-yulakay jonli devorga tegib darvozadan joy oldi. Bu erda Betoni ayblay olmaymiz. Rikoshet va gol!

13` Ronaldoga nisbatan o'yin qoidasi buzildi. Darvozaga yaqin joydan jarima zarbasi.

12` Benzema yana! Yana o'sha francuz! Uchinchi imkoniyat paydo bo'ldi. Lekin goldan darak yo'q.

11` Benzemaning zarbasini Beto bartaraf eta oldi.

9` Beyl-Marselo tandemi ostida tashkil etilgan hujum yakuniga etmay qoldi.

7` Benzemada ajoyib imkoniyat! Francuz hozir hisobni ochishi mumkin edi. Uning zarbasini Beto qaytarib qoldi.

6` O'yin tezkorlik bilan goh bu darvoza oldida, goh qarama-qarshi darvoza tomon ko'chmoqda. Ikkala jamoa ham ochiq futbol ko'rsatishni xohlashmoqda.

4` Takroriy lavhada ko'rindiki, Ilyaramendi "Real"ni goldan saqlab qolgan ekan.

3` Endi "Real"ning javobi!

2` Xavfli vaziyat! Maydon egalari o'yinni tajovuzkorlik bilan boshlashdi!

1` Uchrashuvga start berildi! Kettik! Bugun "Sevilya" o'z  uyida "Real"ni qabul qilmoqda. CHiroyli o'yin ko'ramiz deb umid qilamiz!

O'yin boshlanishiga hamma narsa shay.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

-Bugungi o'yinni Siz aziz futbol ishqibozlariga SHahboz Beg'amov matnli onlayn tarzda sharhlab boradi. Saytimizni kuzatib boring!

-Jamoalar tarkibi aniq!
"Sevilya": Beto, Federiko, Moreno, Parexa, Koke, Marin, Rakitich, Iborra, Reyes, Mbia, Bakka.
"Real": Lopez, Pepe, Varan, Karvaxal, Beyl, Marselo, Alonso, Modrich, Ilyaramendi, Ronaldo, Benzema.

Yana sanoqli daqiqalardan so'ng uchrashuv boshlanadi.

- Uchrashuv soat 02:00da boshlanadi.

Ispaniya chempionati, 30-tur.

"Sevilya" - "Real" 2:1

Gollar:
Ronaldo (14, 73), Bakka (19).

"Sevilya": Betu, Koke, Parexa, Fasio, A.Moreno, Iborra, Mbia, Reyes (F. Navarro, 75), Rakitich, Marin (Vitolo, 71), Bakka (Gameyro, 83).

"Real": 
Diego Lopes, Karvaxal, Pepe, Varan, Marselo, Alonso, Ilyarramendi (Isko, 67), Modrich (Morata, 90), Beyl, Benzema, Ronaldu.

Ogohlantirishlar:
Iborra (21), Beyl (23), Marin (61), Varan (79), Alonso (86), Betu (90).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика