"Sevilya" Rafa Mir bilan shartnoma imzoladi
20 avg 2021 19:44
Yangiliklar
"Sevilya" Rafa Mir bilan shartnoma imzoladi
"Vulverxempton" hujumchisi Rafa Mir "Sevilya" bilan shartnoma imzoladi.
24 yoshli ispaniyalik futbolchi bilan tuzilgan shartnoma 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi. Futbolchi 12-raqam ostida to'p suradi.
Rafa Mir 2020/21 yilgi mavsumda "Ueska"ga ijaraga berilgandi. U barcha turnirlarda 39 ta o'yin o'tkazib, 16 ta gol urdi hamda bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Forvard Ispaniya olimpiya terma jamoasi tarkibida olti uchrashuvda uchta gol urdi va Tokio Olimpiadasining kumush medali sohibiga aylandi.
Fikrlar