“Sevilya” Markos Akunyani o'z safiga qo'shib oldi
15 sen 2020 00:10
Yangiliklar
“Sevilya” Markos Akunyani o'z safiga qo'shib oldi
“Sevilya” klubi rasmiy sayti “Sporting” (Lissabon) klubining argentinalik yarim himoyachisi Markos Akunyaning transferini elon qildi.
Futbolchining transfer summasi 10 million evroga teng. Akunya ispan klubi bilan 2024 yilning yoziga qadar amalda bo'ladigan shartnomaga imzo chekdi. Bu futbolchining xizmatlariga “Zenit” va “Lokomotiv" (M) klublari ham qiziqishgandi.
Aknya 2017 yilning yozida “Rasing”dan “Sporting”ga 9,59 million evroga ko'chib o'tgandi. 28 yoshli futbolchi Portugaliya chempionatida 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va ikki bor ogohlantirildi. Akunya Argentinaning “Ferro” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Fikrlar