"Sevilya" Kunde borasidagi "CHelsi"ning yana bir taklifini rad etdi
31 avg 2021 10:54
Yangiliklar
"Sevilya" Kunde borasidagi "CHelsi"ning yana bir taklifini rad etdi
"CHelsi" "Sevilya" bilan himoyachi Jyul Kundeni xarid qilish bo'yicha qattiq harakat qilmoqda.
Ispanlar londonliklarning navbatdagi taklifini rad etishdi va Angliya klubi uning 70 mln evro miqdoridagi tovon pulini faollashtirishini xohlashmoqda.
CHempionlar Ligasining amaldagi g'olibi francuz uchun maksimum 55 mln berishga tayyor. SHu sabab muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qoldi, ammo "CHelsi" bugun "Sevilya" bilan so'nggi bor kelishishga urinib ko'radi.
Oldinroq, "ko'klar" bitimga Kurt Zuma va Kallum Xadson-Odoini qo'shishni taklif etishgan, ammo yakunda rad javobini olishgan edi.
Fikrlar