So’nggi yangiliklar

18:24"Ал Иттиҳод" АПЛдаги ўйинчи учун 51 млн фунт тўлайди  0 17:58"Ливерпуль" икки футболчи учун 105 млн фунт сарфлашга тайёр  1 17:14"Атлетико" Лунинни "Реал"дан 15 млн еврога харид қилишга тайёр эди  0 16:32"Манчестер Юнайтед" де Лигт учун "Бавария"га 45 млн фунт таклиф қилади  1 16:02"Ливерпуль" Саудия Арабистони клублари учун ван Дейкка нарх қўйди  1 15:38"Барселона" де Йонг билан шартномани узайтирмоқчи  4 15:10Улуғбек Ҳошимов: "Ўзим катта бўлган жамоага қайтиш ёқимли. "Пахтакор" билан катта ютуқларга эришишни мақсад қилганман"  3 14:33"Ал Иттиҳод" Эдерсонни харид қилишга уриниб кўради, "Ман Сити" 50-60 млн евро хоҳламоқда  0 13:47"Астон Вилла" "Барселона" собиқ ўйинчисини сотишга тайёр  0 13:20"Манчестер Юнайтед" Маунтни сотишга тайёр  3 12:55ПСЖ йирик трансферга қўл уришга яқин  1 12:39Қирғизистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Ўзимиз йўл қўйган хатоларимиз сабабли мағлуб бўлдик. Осиё кубогида Японияни мағлуб этганимиздан сўнг босимни ҳис қилдик"  1 12:17"Барселона" Уильямснинг товон пулини фаоллаштиришга тайёр  1 11:48Феликс "Бенфика"га қайтиши мумкин?!  0 11:20"Реал" ўйинчилари ва ходимлари Мбаппенинг ўзини тутишидан ҳайрон  7

"Sevilya" chempionlik uchun kurashda "Barselona"ga yordam bera oladimi? Yangiliklar

"Sevilya" chempionlik uchun kurashda "Barselona"ga yordam bera oladimi?

Bugun "Real" LaLiganing 37-tur uchrashuvlari doirasida "Sevilya"ni qabul qiladi va chempionlik uchun munosib ekanligini isbotlashga intiladi.

Jamoalarning imkoniyatiga etibor qaratishdan oldin, ushbu klublarning LaLigadagi so'nggi bahslariga ko'z tashlasak.

"Real" o'z uchrashuvlarida qiyinchiliksiz g'alabaga erishmoqda - "Granada" bilan ham shunday bo'ldi. "Blankos" ustozi Zinedin Zidan CHempionlar ligasi bahslaridan oldin, zaxira tarkibni maydonga tushirdi. Asosiy tarkibdan faqat Serxio Ramos va Karlos Kasemiro o'ynadi. Kolumbiyalik xavbek Xames Rodriges va forvard Alvaro Morata yaxshi harakat qilishdi. Rodrigesning ko'rsatkichlari ajoyib - 4 ta so'nggi uchrashuvda 5 ta gol! Morata esa LaLigada 15 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Morataning dubli va ikkinchi tarkibning ajoyib o'yini klub muxlislarini ikkilantirib qo'ydi. "Galaktikos"ning bazi muxlislari nega g'azabda ekanligini tushunish qiyin emas: Morata o'ynagan 24 ta uchrashuvidan 13 tasida asosiy tarkibda maydonga tushdi (1253 daqiqa). Benzema 27 ta uchrashuvning 21 tasida asosiy tarkibda paydo bo'ldi (1751 daqiqa). Ammo Morata 15 ta gol urdi, "Lion" sobiq forvardi esa to'qqizta! Zidan Karimni zaxiraga olishi uchun biroz mardlik etishmayotgandir. Yana bir taxmin, ispan OAVning yozishicha, Zinedin Benzema vatandoshi bo'lgani uchun unga ko'proq imkoniyat bermoqda. Qiziq, "Real" sobiq ustozi Visente del Boske bir paytlar Davor SHukerni zaxiraga olib, yosh hujumchi Fernando Morentesga ishonch bildirishdan qo'rqmagan...


"Sevilya" esa San-Sebastyanning "Reali"ni taslim eta olmadi. "Sosedad" bilan o'yinda Xorxe Sampaoli jamoasi yomon bahs o'tkazmadi, ammo ko'plab vaziyatlarni yo'qqa chiqardi. SHu sababli ular bor-yo'g'i 1 ochkoga ega bo'lishdi.


Turnir jadvali

Andalusiyaliklar "Atletiko"ga etib olib, CHempionlar ligasining guruh bosqichida o'ynashni kafolatlashi mumkin, ammo orqadan "Vilyarreal" ularni quvib kelmoqda. "Sevilya" to'rtinchi o'rinni tark etish ehtimoli katta, biroq klub oxirigacha kurashadi. Mehmonlar hisobida 69 ochko bor - "matraschilar"dan 5 ochko kam. "Sevilya"ning eng yaqin taqibchisi "Vilyarreal"da esa 63 ochko. Agar Andalusiya klubi ikkita mag'lubiyatga uchrasa, "sariq suvosti kemas" shuncha g'alabaga erishsa o'rinlar almashishi mumkin. Bundan tashqari, to'plar nisbati ham hisobga olinadi.

Mezbonlar "Barselona" bilan birinchi o'rinni bo'lishib turishibdi, biroq "Qirollik klubi"ning zaxirasida yana bir o'yin bor, madridliklar "Selta" bilan bellashishadi. "Real"ning boshqa raqiblari yo'q. Raul Gonsalesning sobiq jamoasi ikkinchi o'rindan pasga tushib ketmaydi.



Jamoa yangiliklari

"Blankos" himoyachisi Pepe 2017/2018 mavsumda Italiya chempionatida "Inter" sharafini himoya qilishi mumkin. Joriy mavsum oxirida portugaliyalik va "Qirollik klubi" o'rtasidagi bitim yakuniga etadi va ayni damda rahbariyat hamda futbolchi yangi shartnoma borasida muzokara o'tkazishmayapti. Qishda klub Pepega bir yillik shartnoma taklif qilgan edi, biroq futbolchi ikki yillik bitim talab qildi.


Muhim futbolchilar

KRISHTIANU RONALDU


Portugaliyalik "erkin ijodkor"ning formasi juda ajoyib holatda. Ronaldu CHempionlar ligasidagi so'nggi uch uchrashuvda "Atletiko" va "Bavariya" darvozasini 8 marotaba nishonga oldi. "Granada"ga qarshi bahsda Krishtianu o'ynamadi, ammo "Qirollik klubi" super yulduzi "Sevilya"ga qarshi bahsning asosiy tarkibidan joy olishiga shubhamiz yo'q.


Taxminiy tarkiblar



Uchrashuvdan oldingi fikrlar

Zinedin Zidan: "Sevilya"ga qarshi bahs qolganlaridek muhim. Uch ochko olish uchun bor kuchimizni ishga solamiz. "Sevilya"ga qarshi uchrashuvlar doimo qiyin kechgan - jamoa etarli darajada kuchli. Bu mavsum bor-yo'g'i 4 ta o'yinimiz qoldi, ammo ayni damda hech narsaga erishganimiz yo'q. Ha, biz yaqinmiz, biroq hech narsa yutmadik. Oldinda bizni 4 ta final kutib turibdi - 3 tasi LaLigada va bittasi CHempionlar ligasida".


Serxio Ramos: "Real" g'alabalarga chanqoq. Biz "Atletiko"ning ikki tezkor golidan so'ng xotirjamlikni saqlab qoldik. Uchrashuvni yaxshi boshlay olmadik. To'rt yil ichida uchinchi marotaba finalga chiqqanimizdan faxrlanamiz. "Real"ning hayratlanarli natijalarini nevaralarimiz eslab yuradi. Hozir LaLiga o'yinlariga etibor qaratishimiz lozim".


Xorxe Sampaoli: "Real Sosedad"ga qarshi uchrashuv ahamiyatli bahs edi. "Sosedad" bir qancha vaqt ustunlik qildi, biroq keyinroq o'yin tizginini biz qo'lga oldik. Hal qiluvchi vaziyatlarda aniqlik etishmadi. Agar yaratgan imkoniyatlarimizning 30%dan foydalanganimizda, uchrashuvlar muddatidan avval yakunlangan bo'lardi. Ammo munosib bo'lmasang, g'alaba qozona olmaysan. "Real" bilan bahsga yaxshi tayyorlanishga harakat qilamiz. SHundan so'nggina chempionatdagi oxirgi uchrashuv haqida o'ylaymiz".


Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика