“Sevilya” - “Barselona”. Ispaniya Kubogi finalini boshqaradigan hakam nomi malum
09 apr 2018 23:11
Yangiliklar


“Sevilya” - “Barselona”. Ispaniya Kubogi finalini boshqaradigan hakam nomi malum
Ispaniya Kubogining hal qiluvchi final uchrashuvini boshqarib boradigan hakamlar brigadasi malum bo'ldi.
Unga ko'ra bosh sovrin uchun kechadigan uchrashuvda Xesus Xil Mansano hakamlik qiladi. 34 yoshli referi boshqaradigan finalda “Sevilya” va “Barselona” klublari o'zaro munosabatlariga oydinlik kiritib olishadi.
Ikkala jamoa ham Mansano hakamlik qilgan o'yinlarda nisbatan olganda ijobiy natija qayd etishgan. Kataloniyaliklar 7ta uchrashuvda g'alaba qozonishgan, 2ta o'yinda durang o'ynab, 3ta bahsda mag'lubiyatga uchrashgan.
“Sevilya” bu hakam ishlagan o'yinlarda 5ta g'alaba va 3ta mag'lubiyatga erishgan. Final uchrashuvi 21 aprel kuni “Atletiko” jamoasining uy stadioni hisoblangan “Vanda Metropolitano” o'yinghida bo'lib o'tadi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar