So’nggi yangiliklar

08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  2 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  3 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  15 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  2 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  8 22:08"Интер Майами"ни ким бошқариши аниқ  1 21:48Виталий Левченко: "Нефтчи"да ёшлар йўқ? Бунинг учун шароитлар йўқ"   9 21:35Рўзиқул Бердиев: "Чемпионатда ҳеч қандай мақсад қолмаган"  17

“Sevilya” akademiyasida o'qiyotgan o'zbek o'g'loni bilan suhbat Yangiliklar

“Sevilya” akademiyasida o'qiyotgan o'zbek o'g'loni bilan suhbat

Ispaniyadagi legionerimiz haqida eshitganmisiz? Asli andijonlik bo'lgan Xojiakbar SHamsutdinov mana bir necha yildirki, faoliyatini Ispaniyada o'tkazmoqda.

Bu nom muxlislar uchun yangilik desa ham bo'ladi. SHu bois Xojiakbar bilan suhbatimizni avvalo tanishuvdan boshladik. Bizningcha ushbu intervyu muxlislarni befarq qoldirmaydi.

- Xojiakbar, ochig'ini aytganda Siz haqingizda ishqibozlar ko'p ham eshitmagan. SHu bois avvalo o'zingiz haqingizda malumot berib o'tsangiz maqsadga muvofiq bo'lardi.
- Mayli, bemalol. Oldindan shuni aytib o'tmoqchiman. To'g'risi, suhbatga taklif qilganizda bunga hali erta emasmikin degan hayolga bordim. CHunki hali beri intervyu beradigan darajaga chiqqanim yo'q o'ylayman. Lekin shunchalik etibor qilib, tashabbus bilan chiqqaningiz meni ham o'z navbatida xursand qilmasdan qolmadi. O'zim haqimda gapiradigan bo'lsam, 1996 yili Andijon shahrida tavallud topganman. Har bir bolakay yoshligida nimagadir qiziqadi. Men millionlar o'yiniga mehr qo'yganman. Sakkiz yoshimda futbolga qiziqa boshlaganman. O'sha paytda taniqli futbolchi Devid Bekxem “Real” safida 23-raqamostida o'ynardi. Menda uning libosi bor edi. SHu bois o'zimda qandeydir “Real” klubiga qiziqish paydo bo'lgan. Imkon qadar “qirollik” klubining har bir o'yinini kuzatib borish odatiy xolga aylanib bordi. Natijada o'zimda ham futbol bilan shug'ullanish ishtiyoqi kuchlilik qila boshladi.


- Futbol bilan shug'ullanish maqsadida ilk bor qaysi maktabga borgansiz?
- 10 yoshimda Toshkentda “Paxtakor” futbol maktabiga borganman. Keyin ota-onam ko'proq talim olishimni istagan. SHu bois ko'proq vaqtimni o'qish bilan o'tkazganman. Lekin 13 yoshimda “Liverpul-Toshkent” safida shahar birinchi ligida ishtirok etardim. So'ngra 2010 yili yana “Paxtakor”ga qaytganman.

- Birinchi murabbiyingiz kim bo'lgan?
- Professional futbolga olib kirgan va yana ishonch bildirgan murabbiyim bu – Ahmad aka Sagdiev bo'ladi. Kezi kelganda shuni aytib o'tishni istardimki, bu kishidan minnatdorman. Bu murabbiy “Liverpul-Toshkent”da faoliyat yuritgandi. Undan keyin Dilshod aka Nuraliev qo'li ostida shug'ullanganman. “Paxtakor”da 1996 yildagi yigitlar bilan mashg'ulot o'tkazganman.

- Qaysi poziciyada o'ynashni boshlagansiz?
- Yoshligimdanoq hujumda o'ynashni yoqtirardim. Bugungi kunda ham asosan oldingi chiziqda xarakat qilaman. Bazan esa chap qanot yarim himoyasida to'p tepishimga to'g'ri keladi.

- “Real” akademiyasiga qay tarzda borib qolganingiz ko'pchilik uchun qiziq. SHu bois bu haqda o'zingizdan eshitsak degandik.
- 2013 yili “Paxtakor” klubi orqali Ispaniyaning mashxur klubi “Real” akademiyasiga ko'chib o'tganman. Bir yil u erda tahsil oldim. So'ngra “Alkobendas” jamoasiga ko'chib o'tdim va u erda ikki yil to'p surdim. Hozirda esa “Sevilya” akademiyasidaman.

- Bugungi kunda xuquqiy jihatdan qaysi klubga tegishlisiz?
- Hozir “Sevilya” akademiyasidaman. Jaroxat tufayli bu yil hech bir klubda o'ynay olmadim. Keyingi yilga hozircha Ispaniyaning ikkinchi yoki uchinchi ligasidagi jamoalarda yoki “Sevilya”ning ikkinchi jamoasida o'ynashim mumkin. Bularning barchasi jaroxatdan qanday qaytishimga ham bog'liq albatta. SHuni qo'shimcha qilib o'tish kerakki, “Alkobendas” va “Sevilya” yoshlar jamoasi ham Ispaniyada yoshlar ligasining birinchi ligasida ishtirok etadi.   

- Ispaniyaga ko'nikish qanday kechgan boshida?
- Eh, nimasini aytasiz?! Albatta juda qiyin bo'lgan. 15 yoshdayoq ota-onadan uzoqda yashash, boz ustiga umuman boshqa olamga tushib qolgandim. Lekin bu erdagi murabbiylar va rahbariyat ko'nikib ketishimda anchagina yordam bergan. 


- Ispaniyalik tengqurlaringiz bilan raqobatlashish ham oson bo'lmagandir?
- Ha, bilasizmi Ispaniyada juda ko'p yuqori saviyadagi o'yinchilar. Bu ham menga qaysidir manoda yordam bergan. Ko'proq ishlashimni talab etadi. CHunki raqobat yo'q joyda, o'sish ham bo'lmaydi.

- Til bilan bog'liq muammoga ham duch kelganmisiz?
- Ha, avvaliga Ispan tilini bilmasdim va shunda biroz qiyin bo'lgan. Lekin Ingliz tilini puxta o'rganganim, 10 yoshdan 13 yoshimgacha yaxshi talim olganim, ota-onam qilgan qaror menga juda yordam bergan. Bugungi kunda to'rtta tilda bemalol suhbatlasha olaman. O'zbekcha, Ruscha, Ispancha va Ingliz tillarida.

- Ispaniyada shu to'rt yil davomida jismoniy jihatdan ham katta o'sishga erishgan ko'rinasiz. Fikrimizga qo'shilasizmi?
- Ha, albatta. Hozir futbolda jimsoniy tarafdan tayyorgarligingiz yuqori darajada bo'lmasa o'ynash qiyin. SHu bois bugungi kunda Ispaniyada jismoniy yuklamalar haftada 2-3 martadan berib boriladi. SHu bois bo'lsa kerak, bu erda futbolchilar ancha baquvvat.  

- “Real” akademiyasining jamoasida o'ynash qiyin bo'lyaptimi?
- Ha, bu erda nafaqat “Real”da. Balki har qanday jamoada o'ynash oson ish emas. O'zbekiston futbolidan so'ng Ispan futbolida o'ynab ketish juda qiyin bo'lganini tan olaman.

- Akademiyada sizlarga mahalliy mutaxassislar ustozlik qiladimi?
- Yo'q, hozirda italiyalik taniqli yoshlar murabbiyi Massimo Valenziano qo'li ostida shug'ullanmoqdamiz.


- Akademiyada ko'proq jismoniy tayyorgalikka etibor qaratiladimi yoki texnikagami?
-  Bugungi kunda ko'proq jismoniy jihat ustida ishlamoqdamiz. Lekin to'rt yil oldin kelganimda asosan texnikaga etibor berilgan.

- Ispaniyada yana qancha vaqt bo'lmoqchisiz?
- O'zimni istagim shuki, faoliyatimni Ispaniyada tugatish. Lekin bu – futbol. Agentlar va murabbiylarga ham ko'p narsa bog'liq.

- SHaxsiy agentingiz bormi?
- Ha, bor. U ham italiyalik. O'z ishini juda yaxshi bajaradi. Unga yuz foiz ishonaman.

- Boshqa davlat chempionatiga ketishingiz ham mumkinmi?
- O'zga chempionatga o'tib o'ynash istagi yo'q. Ispaniyada 2-3-ligasida o'ynasam. Boshqa davlat birinchi ligasidan taklif bo'lsa balkim o'tarman.

- Qachonlardir o'zbek futbolida o'ynash niyatingiz bormi?
- To'g'risini aytsam, hozircha o'zbek futboliga qaytish niyatim yo'q.

- O'zbekiston futbolini kuzatib borasizmi?
- Ha, albatta.

- Terma jamoalardan chaqiruv bo'lishini kutasizmi?
- Milliy terma jamoada o'ynash har qanday futbolchining orzusi. Lekin men bu haqda hozir ko'p ham o'ylamayman. Bugungi kunda asosan tezroq yashil maydonga qaytish va keyingi jamoam haqida o'ylamoqdaman.


- Jamoa topish ham oson bo'lmasa kerak? Yangi mavsum starti oldidan jamoa topishingizga qanchalik ishonmoqdasiz?
-  Yo'q, hozir 2-3ta klublar bilan o'zaro muzokara olib borilmoqda. Agentim bu ishlarni ijobiy hal qiladi degan umiddaman.

- Moliyaviy jihatdan klublarning saviyasi qanday?
- Boshqa Evropa davlatlariga nisbatan ozgina bu borada pastroq bo'lishi mumkin. Ammo futboli jihatdan balandroq.

- Ispaniya 2-3-ligasida asosan yoshlar o'ynaydimi?
- Yoshlar juda kam. Oltmish ofiz futbolchilar tajribali va o'z vaqtida La Ligada o'ynagan etakchilardir. “Sarogosa”, “Elche”, “Osasuna” kabi klublar bor. Xullas saviya u qadar past deb bo'lmaydi. Ikkinchi ligada 22ta jamoa ishtirok etadi va u butun Ispaniya bo'yicha. Uchinchi liga esa har bir shaharda alohida o'tkazaladi.  

- Ispaniya futbolida etiboringizni tortgan jihat nima bo'ldi?
- Bu erda menga yoqqan narsa futbol juda tez. O'yinchilar ham tabiiyki tezkordir. Tez xarakatlanishi hayratlantiradi. To'p bilan yurishga vaqt yo'q. Ispaniyada jamoaviy o'yin yaxshi yo'lga qo'yilgan. Bu menga juda yoqadi.

- SHu kungacha “El klassiko”ni necha marta bevosita stadionda kuzatdingiz?
- Yo'q, afsuski “El klassiko”ga kira olmadim. Lekin juda ko'p marotaba sevimli jamoam “Real”ning o'yinlarini stadionda kuzatganman.  


- Grandlar to'qnashuviga nima uchun kira olmagansiz?
- Bunga sabab shuki, shanba va yakshanba kunlari bizni ham o'yinlarimiz bo'ladi. Akademiya tarbiyalanuvchilari uchun “Santyago Bernabeu” stadionida alohida sektor ajratilgan. SHu bois ko'p marotaba “Real”ning o'yinlariga tashrif buyurganman. “El klassiko”ni ko'rgani kirsak, bizni o'yinni kim o'ynaydi?!

- U erda bu kabi muhim o'yin bo'lsada, yoshlar ligasi o'z yo'lida davom etarkanda. Uchrashuvni boshqa muddatga qoldirish bo'lmaydimi?
- Yo'q. CHunki bu taqvim yil boshida puxta ravishda ishlab chiqiladi va mavsum oxiriga qadar hech qanday o'zgartirish kiritilmaydi. Grandlar to'qnashuvi kuni bizning jamoa safarda o'ynashiga to'g'ri kelib qolishi ham mumkin. Agarda mehmondagi uchrashuvimiz soat 18:00da boshlansa, 20:00da yakuniga etadi. Undan keyin ortga qaytib, stadionga kirib o'yin o'krishga ulgurmaymiz. “El klassiko” doim bir xil vaqtda bo'lib qoladi demoqchimasman. Bazida turnirga ketgan bo'lamiz.

- Sevimli jamoangizning mashg'ulot jarayonini kuzatishga kirganmisiz?
- Ha, mashg'ulotlarni ko'rish uchun kirish muammo emas.

- “Real” akademiyasidan “Sevilya”ga o'tishingizni qanday izohlaysiz?
- Hozircha “Sevilya” men uchun har tomonlama maqul kelmoqda. SHaharning havosi va eng muhimi  akademiya alo darajada.  

- “Sevilya” akademiyasining ishlash tizimi qanday?
- Bu erda kuniga ikki mahal mashg'ulot o'tkaziladi. Dushanbadan juma kuniga qadar. Tartib-intizom kuchli. Ko'proq jismoniy jihat uchtida ishlaymiz. Qolaversa texnika ustida ham mashg'ulot o'tkaziladi. Har shanba o'yin bo'ladi. Yakshanba dam olish kunida esa o'tkazgan o'yinimizni videotasma orqali ko'rib chiqamiz va murabbiylar shunda yo'l qo'yilgan xatolarni aytadi va kerakli topshiriqlarni beradi.  


- Akademiyaga kirish tartibi qanday?
- Akademiyaga kirishni istagan bolalar ikki hafta mobaynida mashg'ulotda va ikkita o'yinda ishtirok etadi. So'ngra qabul komissiyasidagi murabbiylar guruhi yakuniy xulosani beradi.

- Osiyodan bitta sizmi? Umuman “Sevilya” akademiyasida sizdan tashqari yana qaysi davlatlardan kelib o'qishadi?
- Mendan tashqari Evropadan amerikalik, kanadalik, hamda angliyalik bolalar kelgan. Osiyodan esa Janubiy Koreyalik va Xindistonlik bittadan futbolchi bor.

- Ispaniyada hozirgi kunda birinchi raqamli akademiyaga aylangan deb qaysi birini aytgan bo'lardingiz?
- “Atletiko Madrid”ning akademiyasi bugungi kunda Ispaniyada zo'ri deyish mumkin.

- Xorijda o'tadigan turnirlarga ham borib turiladimi?
- Ha, bu kabi musobaqalarga asosan yozda boriladi.  

- Akademiyada nechchi yoshga qadar bo'lishadi?
- 23 yoshgacha.

- U xolda yana uch yil “Sevilya” akademiyasi azosi hisoblanasizmi?
- Yo'q, bu masala hali aniq emas. Agarda o'zimga boshqa jamoa topsam “Sevilya”dan butunlay ketishim ham mumkin. Yuqorida aytib o'tganimdek, bu ish ustida italiyalik agentim jiddiy shug'ullanmoqda. Keyingi taqdirimni agentim bilan murabbiy hal qiladi.

- Hojiakbar mazmunli suhbatingiz uchun tashakkur! Keyingi faoliyatingizga omadlar yor bo'lishini tilab qolamiz.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика