Sevij: "MYU shunchalik masxara bo'ldiki, xatto van Galga rahmim kelyapti"
20 fev 2016 16:10
Yangiliklar


Sevij: "MYU shunchalik masxara bo'ldiki, xatto van Galga rahmim kelyapti"
Faoliyatini "Manchester Yunayted"da boshlagan "Birmingem", "Blekbern", "Lester" sobiq futbolchisi Robbi Sevij mankunianlar ustozi Lui van Galga rahmi kelayotganini aytdi.
"MYU shunchalik masxara bo'ldiki, xatto van Galga rahmim kelyapti. Bir savolim bor: Agar van Gal chet ellik emas, britaniyalik bo'lganida, ishlashda davom etgan bo'larmidi? Lui 250 mln. funtni havoga sovurdi va faqat Marsyal jamoaga sezilarli foyda keltirdi.
Moyes hech bo'lmasa MYUni CHempionlar ligasining chorak finaligacha olib chiqdi. Agar MYU egalari Luini kerakli mutaxassis deb hisoblashsa, ular klubni qanday ahvolga olib kelishlari haqida o'ylashdan qo'rqaman" - deydi Sevij.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar