Seten: "Grizmann - ajoyib futbolchi va biz uni qadrlaymiz"
16 iyu 2020 12:20
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/574571_original.jpg)
![](/upload/storage/574571_220.jpg)
Seten: "Grizmann - ajoyib futbolchi va biz uni qadrlaymiz"
"Barselona" bosh murabbiyi Kike Seten hujumchi Antuan Grizmanning jamoasini o'zgartirishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
Xususan, matbuotda Antuan Grizmanning "Inter" hujumchisi Lautaro Martines bilan bo'ladigan bitimga qo'shilishi haqida xabarlar yangradi.
"Grizmann biz uchun muhim. U muntazam ravishda o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda. Hozir bizda rotaciyalar uchun imkoniyatlar ko'p, ko'ramiz, kim raqobatga dosh bera olarkin.
Yana takrorlayman, Grizmann - ajoyib futbolchi, biz uni qadrlaymiz. Biz uni asosiy tarkib futbolchisi deb hisoblaymiz, sababi u "Barselona" uchun juda ham muhim", - deydi Seten.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar