Seten: “Darhaqiqat, bu o'yin bilan “Napoli”dan o'ta olmaymiz”

Eldor Akmurzayev
18 iyul 2020, 19:30
Avvalroq, “Barselona” yetakchisi Lionel Messi jamoa shu tarzda ketishda davom etsa, YCHL javob bahsida “Napoli”ga imkoniyat boy berilishini aytgandi.

Kataloniyaliklar ustozi Kike Seten ham Messining havotirini o'rinli deb hisobladi.

“Darhaqiqat, agar oxirgi o'yinlardagi kabi kuchsiz harakat qilsak, “Napoli”ni mag'lub eta olmaymiz.

Messining so'zlari hurmatsizlikmi? Yo'q, aslo yo'q. Bergan izohlarimiz keyinchalik noto'g'ri talqini qilinishi mumkin. Bu har kuni davom etadi. Bunga unchalik ahamiyat ham bermayman. Hayollarimizni tozalash uchun barchamizga tanaffus zarur”, deydi mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24