Seten "Barsa" o'yinchilariga bir haftalik dam berdi. Jamoa 28 iyuldan CHLga tayyorlanadi
22 iyu 2020 11:10
Yangiliklar
Seten "Barsa" o'yinchilariga bir haftalik dam berdi. Jamoa 28 iyuldan CHLga tayyorlanadi
"Barselona" bosh murabbiyi Kike Seten jamoa o'yinchilariga dam olish imkoniyatini berdi.
Ispan nashrining xabariga ko'ra, Seten Ispaniya chempionati yakunlangandan so'ng futbolchilarga bir hafta dam bergan. O'yinchilar kelasi seshanbadan (28 iyul) tayyorgarlikni davom ettirishadi.
Murabbiyning fikricha, bunday pauza o'yinchilarga tiklanishga va La Ligada muvaffaqiyatsizlikni unutishga imkon beradi.
"Barselona" 8 avgustda "Kamp Nou"da "Napoli"ni qabul qiladi. CHempionlar Ligasi 1/8 final bosqich doirasidagi birinchi o'yinda jamoalar durang (1:1) o'ynashgan.
Fikrlar