So’nggi yangiliklar

00:46Шмейхель "Селтик"да фаолиятини якунлаган Жо Харт ўрнини тўлдирди  1 00:29Маркос Льорентени кўриш учун салкам 10 минг км масофа босиб ўтган мухлис у билан учрашолмади  3 00:13Расман: Лени Йоро — "Манчестер Юнайтед" футболчиси!  1 23:52"Интер Майами" Месси иштирокида учинчи либосини намойиш этди  1 23:35Расман: Гринвуд — "Марсель" футболчиси!  0 23:13Норчаев дубль қайд этган баҳсда Ўзбекистон ОТЖ Янги Зеландияни мағлубиятга учратди  9 22:51"Реал Мадрид" "Ал Насср" футболчиси билан шартнома имзоламоқчи  6 22:38"Манчестер Сити" "Жирона" футболчисини таркибга қўшиб олди  6 22:14Расман: Микаутадзе — "Лион" футболчиси!  2 21:57Мбаппе "Реал"даги рақамини ўзгартирмоқчи  9 21:30Эшитдик-да! "Бунёдкор" хорватиялик футболчини ўз сафига қўшиб олди  8 21:03"Барселона"нинг 20 ёшли дарвозабони ҳаммомда вафот этди  10 20:46ОКМК Беларусь клуби билан ҳамкорлик шартномаси имзолади  8 20:29Ҳамдаллаҳ Саудиянинг бошқа клубига ўтиш арафасида турибди  3 20:12Назорат учрашуви. "Олимпик" "Металлург"ни мағлубиятга учратди  4

“Setanta Sports”da zamonaviy qulayliklardan foydalaning va hamisha sportda qoling! Yangiliklar

“Setanta Sports”da zamonaviy qulayliklardan foydalaning va hamisha sportda qoling!

Teglar :  Setanta Sports
Jonli sport translyaciyalari anchadan beri tomoshabinlarni o'ziga jalb qiluvchi manbalardan sanaladi.

Haftasiga o'rtacha 4 soatdan shunday efirlar tomosha qilinadi. Sport va futbol yanada ommaviy tus olayotgan bir paytda bu raqam ortib borishi tabiiy. Televidenieda o'yinlar va tanaffusdagi turli shoular, bir vaqtda bir necha bellashuvlarni kuzatib borish imkoniyatini beruvchi interaktiv translyaciyalar boshqa ko'rsatuvlarda uchramaydigan o'zgacha muhitni taqdim etadi. Oxirgi yillarda ananaviy televideniega qo'shimcha internet orqali tomosha qilish mumkin bo'lgan xizmatlarning paydo bo'lishi esa tomoshabinlar uchun imkoniyalarni qulaylashtirdi. Endi bunday xizmatlar har bir obunachi uchun tomoshani yangi qulay darajaga olib chiqmoqda. Filmlar, teleshoular va original mahsulotlar bilan bu xizmatlar o'zlariga ko'plab tomoshabinlar jalb etishdi. Sport translyaciyalari qo'shilishi orqali bu platformalar sport bo'yicha ko'rsatuvlarni ham o'zgacha darajaga olib chiqishdi. Endi har bir muxlis o'ziga yoqqan platformada jonli efirlar, bir paytda bir necha qurilmalarda turli bahslarni ko'rishi va interaktiv boshqa xizmatlardan foydalanishi mumkin. “Setanta Sports”ga obuna bo'lgan tomoshabin telekanal va onlayn platformada bir paytda 4ta futbol o'yinini tomosha qilish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bu futbol ishqibozlari anchadan beri kutgan yangilik sanaladi. Obuna sohibi smartfon, planshet, noutbuk va smart televizorlarda jonli efirni ko'ra oladi. Qaerda bo'lishingizdan qatiy nazar, uyda, ishda yoki sayohatda, translyaciyalarni ko'rishda davom etish uchun “Setanta Sports”ga obuna bo'lsangiz kifoya. Kabel yoki sputnik televidenieda esa bunday imkoniyat mavjud emas.

Onlayn platformalar tomoshabinlarga turli rakursdagi kameralardan o'yinlarni ko'rishni tanlash, statistikalarni kuzatish va o'yinni yaxshiroq tushunishga yordam beradigan qo'shimcha qulayliklarni taqdim qiladi. Xizmatlarga to'lovning oddiyligi esa obunachilar ishini yanada osonlashtiradi. Futbol yoki basketbol o'yini, tennis turniri va turli janglarni tomosha qilib, onlayn platformalarga birlashtirilgan turli xizmatlardan foydalanish imkoni ham bo'ladi. SHuningdek, biror mamlakatda odatiy televideniening qaysidir sport turiga translyaciya huquqi yo'q bo'lgan taqdirda bu muammoni ishqiboz endi onlayn xizmatlar ko'rsatadigan platformaga obuna bo'lgan holda hal qiladi. Sport turlari yoki biror musobaqaning ommalashishida ham onlayn xizmatlarning o'rni muhim bo'lmoqda.

Ligalar yoki musobaqalar bilan hamkorlik esa biror hudud uchun eksklyuziv kontent taqdim etishda yordam beradi. Masalan, “Setanta Sports” hamyurtlarimiz Eldor SHomurodov o'ynaydigan Italiya “A” seriyasi va Abduqodir Husanov yaqinda ko'chib o'tgan Franciyaning “Liga 1” chempionatlari haqida turli qiziqarli ko'rsatuvlar taqdim etish imkoniyatiga ega.

Evropa va Osiyoning 15 mamlakatida “Setanta Sports” telekanali va onlayn platforma obunachilari futbol bo'yicha Evropaning eng kuchli chempionatlari, Evrokuboklar, “Formula-1” poygalari, basketbol bo'yicha NBA va Evroliga turniri, UFC, erkaklar va ayollar o'rtasida tennis musobaqalari, xokkey, golf, “Naskar” poygalari, UFC va “Bellator” janglarini tomosha qilishlari mumkin. Eldor SHomurodovning Italiya “A” seriyasi va Abduqodir Husanovning Franciya chempionatidagi o'yinlarini O'zbekiston hududida faqat “Setanta Sports” orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Onlayn platformalardagi jonli efirlar stadionlarga tashrifni kamaytirishi mumkinligini aytdiganlar ham topiladi. Lekin tadqiqotlar bunday xizmatlar musobaqalarga tashrif buyuruvchilarga xalal bermasligini ko'rsatdi. Aksincha, jahon bo'ylab fan klublarga yangi azolar topish, umumiy sport bozorini kengaytirishda platformalarning o'rni katta.

O'zbekistonda “Setanta Sports” telekanali va onlayn platforma obunachilari quyidagi futbol va sport musobaqalarini kuzatib borish imkoniyatiga ega bo'lishadi:

Futbol
- Angliya (APL, CHempionship, Angliya Liga Kubogi), Ispaniya (La Liga, Segunda), Germaniya (Bundesliga, Bundesliga-2), Italiya (A Seriya), Franciya (Liga 1), Saudiya Arabistoni (Proliga), Ukraina (Premer-liga), Gollandiya (Eredivizie), Belgiya (Yupiler liga), SHotlandiya (Premer-liga).
Ayollar o'rtasidagi jahon chempionati – 2023.
Basketbol - Evroliga, “Evrokap”, NBA.
Xokkey – NXL.
Poygalar - “Naskar” poygalari, “Formula-1” va “Formula-E”.
Tennis - ATP 1000 va ATP 500 tennis turnirlari, ATP final musobaqasi, “Indian Uells” erkaklar va ayollar, WTA 1000, 500, 250, WTA final musobaqasi, jamoaviy “United Cup” turniri.
Yakkakurashlar - UFC, Bellator.
Golf turnirlari.

Ushbu musobaqalar translyaciyasini O'zbekiston hududida namoyish etish huquqi faqat “Setanta Sports” telekanali yoki onlayn platformasiga tegishli ekanini eslatib o'tamiz. “Setanta Sports” O'zbekiston bozorida uzoq vaqt qolib, yangi mahsulotlarni taklif etadi va rivojlantiradi.

O'zbekiston bozori “Setanta Sports” kompaniyasining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanib, ushbu bozorda xizmatning uzoq muddatli faoliyatini yo'lga qo'yish va sport muxlislariga ko'plab yangiliklarni taqdim etish rejalashtirilgan.





Reklama huquqi asosida

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика