Sesar Aspilikueta: "CHelsi"da baxtliman"
05 mar 2014 18:23
Yangiliklar


Sesar Aspilikueta: "CHelsi"da baxtliman"
"CHelsi" futbolchisi Sesar Aspilikuetaning aytishicha, uning Ispaniya terma jamoasiga qayta chaqirilishida Joze Mourinoning xizmatlari katta.
"Bu mavsum juda yaxshi o'tyapti. "CHelsi"da ekanimdan baxtiyorman. Bor kuchimni berib mehnat qilyapman. Mourino buni ko'rib turibdi va ishonch bildirmoqda. Men undan ko'p narsa o'rganyapman", deya futbolchi so'zlaridan "Marca" iqtibos keltirmoqda.

Fikrlar