Serxio Romero Fransiyaga yo'l olishi mumkin

Tolibjon Qosimov
13 avg 2014, 10:42
"L`Equipe"ning xabar berishicha, Fransiyaning "Marsel" jamoasi o'z safini argentinalik darvozabon Serxio Romero bilan to'ldirishi mumkin.
Italiyaning "Sampdoriya" klubi a'zosi hisoblangan 27 yoshlik darvozabonga portugaliyaning "Benfika" jamoasi ham da'vogarlik qilmoqda. Portugaliyaliklar yaqindagina o'z darvozabonlari Yan Oblakni madridning "Atletiko"siga sotib yuborishgan edi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.ru