"L`Equipe"ning xabar berishicha, Fransiyaning "Marsel" jamoasi o'z safini argentinalik darvozabon Serxio Romero bilan to'ldirishi mumkin.
Italiyaning "Sampdoriya" klubi a'zosi hisoblangan 27 yoshlik darvozabonga portugaliyaning "Benfika" jamoasi ham da'vogarlik qilmoqda. Portugaliyaliklar yaqindagina o'z darvozabonlari Yan Oblakni madridning "Atletiko"siga sotib yuborishgan edi.