Serxio Ramos terma jamoadagi kechagi o'yinni jarohat bilan o'tkazgan

Tolibjon Qosimov
16 noya 2018, 12:17
Ispaniya terma jamoasi sardori Serxio Ramos Bosniya va Gertsegovinaga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazib yuboradi.

Bu haqda "qizil furiya" matbuot xizmati xabar berdi.

Ramos Millatlar ligasi doirasidagi Xorvatiyaga qarshi o'yin (2:3)dan so'ng mushaklaridagi jarohat sabab terma jamoa ixtiyorini tark etdi. Himoyachi Zagrebda o'tkazilgan kechagi bahsni jarohat bilan o'tkazgan.

Ispaniya - Bosniya va Gertsegovina o'rtoqlik o'yini 18 noyabr kuni Las-Palmasda o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sefutbol.com