Serxio Ramos "Manchester Siti" futbolchisiga aylanishi mumkin
31 may 2021 20:40
Yangiliklar
Serxio Ramos "Manchester Siti" futbolchisiga aylanishi mumkin
"Real" himoyachisi va sardori Serxio Ramos APLda faoliyatini davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi ESPN.
Manbaning takidlashicha, 35 yoshli futbolchi "Siti" etiborini o'ziga qaratgan. Ramosning tajribasi va etakchilik fazilatlarini qadrlaydigan "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ushbu transfer amalga oshishiga qarshi emas. "Manchester Siti" Ramosga yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan ikki yillik shartnoma taklif qilmoqchi.
Avvalroq, Madrid klubi Ramos bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmagani aytilgandi. Himoyachi va "Real" o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2021 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Eslatib o'tamiz, Ramos "Galaktikos" safida 2005 yildan beri to'p surmoqda. 2020/2021 yilgi mavsumda himoyachi Ispan klubi tarkibida 21 ta o'yin o'tkazib, to'rtta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar