Serxio Ramos: Ko'rinishidan janozada turganga o'xshaymiz, ammo biz Jahon chempionatidamiz
15 iyu 2018 07:50
Yangiliklar
Serxio Ramos: Ko'rinishidan janozada turganga o'xshaymiz, ammo biz Jahon chempionatidamiz
“Ko'rinishidan, biz janozada turganga o'xshayapmiz, ammo aksincha, biz hozirda Jahon chempionatidamiz. Bu juda ajoyib voqelik. Biz imkon qadar olg'a harakat qilishimiz lozim. Darhaqiqat, bu noxush holat bo'ldi. Lopetegi jamoamiz bo'lagi edi. U bizga saralashdan muvaffaqiyatli o'tishga yordam berdi. Ammo o'ylashimcha, Ispaniya termasi har qanday shaxsiy narsadan ustun. Bu holatga endi jiddiy etibor qaratishimiz shart emas. Tez orada Evropa chempionlari bilan o'ynaymiz, bo'lib o'tgan voqealarni qancha tez unutsak, shuncha o'zimizga yaxshi. Men JCH—2018ga orzu bilan keldim. Bu men sardor bo'lib maydonga tushadigan ilk musobaqam. Bu esa juda ham muhim”,—dedi Ramos.
Malumot uchun bugun Ispaniya termasi Portugaliya bilan JCHning 1-tur uchrashuvida bellashadi.
Fikrlar