Serxio Ramos: "Biz har bir chizig'da yaxshi o'ynadik"
26 okt 2014 01:05
Yangiliklar


Serxio Ramos: "Biz har bir chizig'da yaxshi o'ynadik"
"Real" himoyachisi Serxio Ramos "Barselona" bilan o'yindan keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Biz o'z ishimizdan mamnunmiz. Butun jamoa bo'lib juda xshi harakatlandik. har bir chizig'da yaxshi o'ynadik. Faqatgina o'tkazib yuborigan golda noaniq harakat qildik. O'yin davomida ustunlik biz tomonda bo'ldi va haqli ravishda g'alabaga erishdik deb o'ylayman. To'pni o'zimizda saqlab turishni qoyillatmagandirmiz, ammo qarshi hujumlarda zo'r o'ynadik. Bunaqangi bellashuvlarda o'yinni o'qiy olish juda zarur. Raqib hujumini buzishda ham alo darajada harakat qildik. Biz o'z o'yinimizni yanada yaxshilab borishimiz kerak. Standart vaziyatlardan foydalanish borasida ham o'z ustimizda ishlashimiz zarur. Ikkinchi gol kiritilgan vaziyatda omadimiz keldi.

Fikrlar