Serxio Ramos: "Atletiko" bilan bahsda "Real" kamroq xato qilishi kerak"
14 apr 2015 11:11
Yangiliklar


Serxio Ramos: "Atletiko" bilan bahsda "Real" kamroq xato qilishi kerak"
"Real" himoyachisi Serxio Ramos "Atletiko"ga qarshi CHempionlar ligasi o'yinidan kutayotganlari haqida bo'lishdi.
"O'ylashimcha, "Atletiko"ga qarshi o'yin shu ikki yil ichidagi Madrid derbisini eslatadi. "Atletiko" - juda mehnatkash va raqobatbardosh jamoa. Aynan shu jihat ularga g'alaba qozonishda katta yordam beradi. Biz o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatib, raqib darvozasi oldida xavfli hujumlarni ko'proq tashkil etishimiz kerak. Bu uchrashuvda kamroq xato qilish lozim" - dedyi Ramos.
Uchrashuv bugun tunda bo'lib o'tadi.

Fikrlar