Serxio Oliveyra: "Yuventus"ning himoyadan uzatmalar orqali chiqishini yaxshi ko'radi. Biz bundan foydalandik"
18 fev 2021 13:50
Yangiliklar


Serxio Oliveyra: "Yuventus"ning himoyadan uzatmalar orqali chiqishini yaxshi ko'radi. Biz bundan foydalandik"
"Portu" yarim himoyachisi Serxio Oiveyra CHempionlar Ligasi 1/8 finalidan o'rin olgan "Yuventus" bilan kechgan birinchi o'yindan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.
"Biz ajoyib jamoaga qarshi o'ynadik. O'tkazib yuborilgan goldan ranjidik. Bunday darajadagi o'yinlarda kichik xato ham qimmatga tushishini yaxshi bilamiz. Buni CHempionlar Ligasi deyishadi. Bitta qaltis vaziyat yuzaga kelsa jazolanishimiz mumkinligini tushunamiz.
Raqibga bosim o'tkaza boshladik. "Yuventus" himoyadan uzatmalar oqali chiqishni yaxshi ko'radi. Biz esa bundan foydalanib qoldik. Hisobni tezda ochganimiz va ikkinchi bo'lim muvaffaqiyatli boshlab 2:0 hisobida oldinga chiqib olganimiz foydamizga ishladi. Omadimiz keldi. Uchinchi golni urishimiz mumkin edi. Ammo, bu - futbol",- deya futbolchining so'zlarini keltirgan UEFA rasmiy sayti.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar