So’nggi yangiliklar

23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионатларининг амалдаги ғолиблари Анталияда баҳс ўтказишади  0 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  3 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан ҳайрлашди  0 21:37АПЛ. "Борнмут" - "Арсенал" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  7 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  2 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2

Serxio Batista: "O'yin durangga mos edi" Yangiliklar

Serxio Batista: "O'yin durangga mos edi"

O'zbekiston va Bahrayn o'rtasidagi o'yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Serxio Batista ishtirok etdi.
"Bugungi o'yin durang natijaga mos edi. Jamoamiz 90 daqiqa davomida bahsni nazorat qiladigan darajada o'ynadi. O'zbekiston o'zining juda ham kam imkoniyatidan unumli foydalandi va gol urib g'alaba qozonib ketdi. Besh daqiqa davomida konsentraciyani yo'qotdik va raqib bizni jazoladi. Stadionga kelgan barcha muxlislar chiroyli o'yin ko'rishdi", - deydi Batista.

- O'yinda g'alaba qozonmoqchimiz degandingiz. Ammo faqat gol o'tkazgach hujumga o'tdinglar?
- Birinchi bo'limda to'p asosan markazda bo'ldi. Ikkala jamoa ham bir biriga o'yin bermadi. Ikkinchi bo'limda gol o'tkazib yuborgach hisobni tenglashtirishga urindik. Ko'pchilik bo'lib hujumga o'tdik.

- Birinchi bo'limda shogirdlaringizga sekinroq o'ynanglar deb ko'rsatma bergandek tuyuldi. Filippindagi o'yin natijasini kuzatib bordingizmi?
- Albatta Filippindagi o'yinni bilganimiz bilan O'zbekistonga qarshi o'ynayotgandik. Asosiy etiborimiz shu o'yinga qaratdik. Narigi o'yinning natijasini ham kuzatib bordik. Biz O'zbekistonga 3 ochko olish uchun kelgandik, buni o'yin davomida barcha ko'rdi. Ikkala jamoa bir biriga teng o'ynadi. Menimcha durang adolatli natija bo'lardi.

- O'zbekistonning o'yiniga qanday baho berasiz?
- Juda yaxshi jamoa. Texnik tomonlama kuchli futbolchilari bor. Buni bilib tayyorgarlik ko'rgandik. Ikkala jamoa safida ham yosh futbolchilar ko'p, shu bois O'zbekistonning ham, Bahraynning ham kelajagi buyuk.

Narzulla Saydullaev
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика