Server Jeparov: Yangi mavsumni ham Seongnamda boshlayman
02 mar 2014 16:01
Yangiliklar
Server Jeparov: Yangi mavsumni ham Seongnamda boshlayman
O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda 5 mart kuni Osiyo kubogi-2015 guruh bosqichi doirasidagi BAAga qarshi o'tkaziladigan so'nggi o'yinga tayyorgarlikni boshladi.
Mirjalol Qosimov to'laqonli va to'liq tarkibdagi mashg'ulotni faqat 2 mart kunidan o'tkazishi mumkin. Boisi, legionerlar terma jamoa ixtiyoriga odatdagidek kech etib kelishadi. Jumladan, kecha tunda Evropa Ligasidan o'rin olgan Belgiyaning Genk klubiga qarshi uchrashuvda maydonga tushgan Anji yarim himoyachisi Odil Ahmedov ertaga Toshkentga etib keladi. Sanjar Tursunov kecha kechqurun jamoa safiga qo'shildi. SHu kunlarda Janubiy Koreyaning Seongnam klubi azosi Server Jeparovning ham Seuldan poytaxtimizga kelishi kutilmoqda. Hafta avvalida seongnamliklar Antaliyada tashkil etilgan o'quv-mashg'ulot yig'inini yakunlashdi. Bir muddat avval terma jamoamiz sardorining klub rahbariyati tomonidan yuqori maoshi sababli, transferga qo'yilishi haqida malumotlar berilgandi. Biz Server bilan bog'lanib, u bilan aynan shu mavzu, shuningdek, terma jamoaning bahorning beshinchi kuni kutib turgan o'yini yuzasidan suhbatlashdik.
- Server, Antaliya yig'ini qanday o'tdi?
- Turkiya yig'ini ajoyib tarzda o'tdi, deb bemalol ayta olaman. Avvaldan belgilangan reja asosida ishladik. Avvalgi yig'inlarimizdan farqli ravishda bu safar juda ko'p nazorat o'yinlarida maydonga tushdik. Koreyada yangi futbol mavsumi boshlanishiga bir haftadan sal ko'proq vaqt qoldi. SHu bois, asosiy etibor jamoaviy o'yinni yanada shakllantirishga qaratildi. Bu uchrashuvlarda murabbiylar turli taktik variantlarni amalda sinab ko'rishdi. Endi esa Toshkentga, terma jamoa yig'iniga jo'nash uchun hozirlik ko'ryapman.
- BAAga qarshi kechadigan o'yin haqida qanday fikrdasiz? Umuman, bu uchrashuvdan nimalarni kutyapsiz?
- 5 mart kungi o'yinda amirlik futbolchilarni mag'lub etish kerak, tamom vassalom. O'zga natija na bizni, na murabbiylarni va na muxlislarni qoniqtiradi. G'alaba qozonish orqaligina birinchi davradagi mag'lubiyat uchun revansh olishimiz mumkin. Bu esa yurtdoshlarimizga qo'shaloq bahor bayramlari oldidan o'ziga xos sovg'a bo'lardi. Tabiiyki, futbol ishqibozlari katta futbolni sog'inib qolishgan. Muxlislarni stadionga qaytarish uchun ham BAAni mag'lubiyatga uchratmasak bo'lmaydi.
- Seongnam bosh murabbiy maoshingizning kattaligi bois, sizni transferga qo'yishini aytgandi. Hozir bu borada vaziyat qanday?
- Transferga qo'yishmoqchi bo'lishganini inkor etmayman. Gap shundaki, bunga klubdagi moliyaviy muammolar sabab bo'lgandi. SHuningdek, jamoa rahbarlarining almashishi, murabbiylarning o'zgarishi ham tasir qilgandi. Lekin buni o'yinimning pasayganligi bilan izohlash mutlaqo noto'g'ri bo'ladi. Hozirda barcha legionerlar, shu jumladan men ham jamoa tarkibidaman. Bundan tashqari, braziliyalik yana bir futbolchi bilan shartnoma imzolandi.
- Javobingizdan kelib chiqib, Server Jeparov yangi mavsumni Seongnamda boshlaydi, desak bo'laveradimi?
- Albatta. Klub bilan yana bir mavsumga mo'ljallangan shartnomam bor. Turkiyadagi yig'inda murabbiylar shtabi barcha futbolchilarning harakatlarini ijobiy baholadi.
- Yangi mavsumga tayyormisizlar?
- Ha, klubimiz barcha rejalashtirilgan yig'inlarni o'tkazdi. Kuchli jamoalar bilan nazorat o'yinlari tashkil etildi. Rejaga ko'ra, 9 mart kuni K-liga 1-turidan o'rin olgan uchrashuvni safarda Geongnam klubiga qarshi o'tkazamiz. Mavsum startidagi g'alaba juda muhim hisoblanadi. Bu bizga keyingi o'yinlarda ruhiy ustunlik beradi. SHu bois, bo'lajak uchrashuvda qanday bo'lmasin, uch ochkoni qo'lga kiritishimiz kerak.
- Seongnam chempionlik uchun kurasha oladimi?
- Oldinga o'tib, bir narsa deyishim qiyin. Boshqa etakchi jamoalar ham o'z oldilariga yuqori maqsadlarni qo'yishgan va shunga monand tarzda mavsumga tayyorgarlik ko'rishyapti. SHu bois, hozirdan bashorat qilishni noo'rin, deb o'ylayman. Koreyada kuchli klublar juda ko'p. SHuni ishonch bilan ayta olamanki, bu yilgi mavsum o'tgan yilgisidan farqli ravishda juda ham keskin o'tadi. Buni aniq ayta olaman.
- Kuni kecha Mirjalol Qosimov BAAga qarshi o'tkaziladigan uchrashuvda maydonga tushishi mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yxatini elon qildi. Terma jamoa tarkibi bilan tanishishga ulgurdingizmi? Nima deb o'ylaysiz, bu bugungi kundagi eng optimal tarkibmi?
- Agar bosh murabbiy shunday qarorga kelgan ekan, demak, bu to'g'ri va yig'inga chaqirilgan futbolchilar bugungi kundagi eng kuchlisi.
- Yanvar va fevral oylari hamisha jamoalarimiz uchun noqulay bo'lib kelgan. Ayniqsa, terma jamoada. Bu paytda futbolchilar funkcional jihatdan hali tayyor bo'lishmaydi. Bu omil 5 mart kungi o'yinda terma jamoamizga salbiy jihatdan tasir qilib, keyin turli bahonalarga sabab bo'lib qolmasmikan?
- Terma jamoa yig'iniga taklif etilgan futbolchilar o'z klublari tarkibida mashg'ulotlarda ishtirok etishdi. Etarlicha nazorat o'yinlarida maydonga tushishdi. O'ylaymanki, barcha futbolchilar funkcional tomondan BAAga qarshi o'tkaziladigan bahsga tayyorlar. Jamoaviy o'yinning to'liq shakllanmaganiga kelsak, bu borada terma jamoamizda siz aytgandek, hamisha muammolar bo'lgan. Terma jamoamiz faqat rasmiy o'yinlar bilan cheklanib qolyapti. Bunday yondashuv yaxshi emas. Xalqaro miqyosda bu biz uchun juda katta kamchilik.
- Bu yil hisobidan terma jamoamiz bittagina rasmiy o'yinda maydonga tushadi. Bunday holatda bor etiborni FIFA kunida o'tkazishimiz mumkin bo'lgan o'rtoqlik uchrashuvlariga qaratish kerak. Avstraliyadagi Osiyo kubogiga bir yilcha vaqt qoldi va bu bir zumda o'tib ketadi...
- Albatta. Bunday nufuzli musobaqaga jiddiy tarzda qarab, shunga monand tarzda tayyorgarlik ko'rish lozim. Masalan, Janubiy Koreya terma jamoasi yaqinda Janubiy Amerika qitasi bo'ylab bir oylik turne tashkil etdi. Ushbu safar davomida jami 6ta yuqori saviyadagi o'rtoqlik o'yinlari o'tkazildi. To'g'ri, koreyslar shu yil yozda aynan shu qitada - Braziliya yashil maydonlarida o'tkaziladigan jahon chempionatida qatnashishadi. Ammo bizning tayyorgarligimiz ham avvalgidek sust bo'lmasligi kerak. Futbolchilarni toblaydigan xalqaro darajadagi o'rtoqlik uchrashuvlari hisoblanadi.
Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Fikrlar