So’nggi yangiliklar

21:35"Манчестер Сити" — "Тоттенхэм". Холанд ва Сон Хён Мин асосий таркибда  0 21:10"Милан" — "Ювентус". Таркиблар маълум  2 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  1 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  3 20:13"Ланс" — "Марсель". Ҳусанов дисквалификация сабаб ўйинни ўтказиб юборади  2 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  1 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  2 19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  13 19:09Денис Коростиченко: "Бунёдкор" захираси бизникидан кучлироқ экан"  0 18:47Туркия. Алиқулов жамоаси иродали ғалабага эришди  0 18:20"Ростов" сўнгги 15 дақиқаликдаги 2та гол туфайли ЦСКАдан ғалабани юлиб олди  7 18:00"Севинч" - 14 карра Ўзбекистон Кубоги соҳиби!  3 17:42"Матч ТВ" графика оператори ишсиз қолди. Нега?  7

Server Jeparov: “O'zbekistonni juda ham sog'indim” Yangiliklar

Server Jeparov: “O'zbekistonni juda ham sog'indim”

Janubiy Koreya K-ligasining 11-turida terma jamoamiz sardori Server Jeparov to'p tepayotgan “Seongnam” klubi o'z maydonida chempionat peshqadami “Poxang Stilers”ni qabul qilib, 3:1 hisobida g'alaba qozongandi.
Quvonarlisi, o'yindagi hisobni aynan hamyurtimiz ochgandi. Server 17-daqiqada mehmonlar darvozasi tomon belgilangan penaltini golga aylantirgan edi. Qolaversa, Jeparov peshqadam bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda to'liq maydonda harakat qilgandi. Avvalgi bosh murabbiy Park Jong Xvan klubdan haydalganidan so'ng, terma jamoamiz sardorining bag'riga shamol tekkan ko'rinadi. Biz aynan o'sha uchrashuvdan so'ng Server Jeparovdan eksklyuziv intervyu oldik.

- CHempionat peshqadami bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda gol kiritganim yaxshi bo'ldi, - deya so'z boshladi Jeparov. – Bu keyingi o'yinlarda o'zimga bo'lgan ishonchni yanada oshiradi. SHuningdek, bosh murabbiyga ham menga ishonch bildirgani uchun minnatdorchilik bildiraman. O'ylaymanki, mavsumning qolgan qismi men va jamoam uchun muvaffaqiyatli davom etadi. Keyingi turda “Seul” mehmoni bo'lamiz. SHaxsan men bu uchrashuvni orziqib kutyapman. CHunki, aynan shu jamoa tarkibida Koreya chempioni bo'lganman. Rejaga ko'ra, bu uchrashuv 11 may kuni o'tishi kerak edi. Ammo, “Seul” OCHLda ishtirok etayotgani bois, mazkur uchrashuv 18 may kuniga qoldirildi. Seulliklar nimchorak finalning ilk uchrashuvini mehmonda “Kavasaki Frontale”ga qarshi o'tkazib, 3:2 hisobida g'alaba qozonishdi. Mehmonda 3 ta to'p kiritilishi ajoyib natija. Kelayotgan chorshanba kuni ular Yaponiya klubini mehmon qilishadi. Balki bor etibor OCHLga qaratilgani bois, “Seul”ning ichki chempionatdagi ishlari yurishmayotgan bo'lsa kerak. Jamoa so'nggi pog'onalarda bormoqda.

- Avvalgi bosh murabbiy Park Jong Xvan istefoga chiqarilgach, jamoada nimalar o'zgardi?

- Juda ko'p narsa. Birinchi navbatda mashg'ulot jarayoni o'zgardi. Etiborni ko'proq “kvadrat” mashqiga qarata boshladik. To'p bilan ko'p muomalada bo'lyapmiz. O'yin mashg'ulotlarida rang-baranglik paydo bo'ldi. Raqibga pressing, yani bosim uyushtirib, to'pni olib qo'yish ustida ko'proq ishlayapmiz. 

- Talabchi?

- Hamma joyda bo'lgani kabi har bir futbolchi mashg'ulotlarda to'liq 100 foiz kuch bilan harakat qilyapti. Aslida futbolchi talab qilinishini kutib o'tirishi kerak emas.

- Park Jong bilan qachon va nima sababdan kelishmovchilik yuzaga kelgandi?

- U bosh murabbiylikka tayinlanishi bilan.

- Nima uchun Xvan siz bilan bunday sovuq munosabatda bo'ldi? Sababini izlab ko'rdingizmi? Sizdan tashqari, yana kim bunday munosabatdan aziyat chekdi?

- Har bir murabbiyning o'z futbol ko'rishi bor. O'ylashimcha, men unga shunchaki yoqmasdim. Faqat men emas, jamoadagi barcha legionerlar uning kutilmagan va beo'xshov qarorlaridan aziyat chekdi. Yaxshiyamki, qora kunlar uzoq cho'zilmadi.

- Futbolni sog'inganingiz ko'rinib turibdi. CHempionat peshqadamiga qarshi o'yinda maydonda to'liq harakat qildingiz va penaltidan bo'lsada gol kiritdingiz...

- Ha, futbolni juda sog'ingandim. Avvalgi o'yinlarni sarxisob qilsam, bazan 18 talik ro'yxatga kiritilmagan paytlar bo'ldi. Zaxiradan qisqa muddatga maydonga tushdim. “Poxang”ga qarshi uchrashuvda yangi murabbiy menga imkoniyat berdi. Bu ishonchni oqlashga harakat qilaman.

- Zaxirada o'tirgan o'yinlaringizda muhitni o'zgartirish va jamoadan ketish haqida o'ylamadingizmi?

- O'ynamayotganim rosa alam qildi. SHuningdek, boshqa etakchi va tajribali futbolchilarning maydonga tushirilmayotganini ham hazm qila olmadim. Lekin klub bilan amalda shartnomam borligi bois, keskin qarorga kela olmasdim. Jamoa rahbariyatiga bo'lgan hurmatim sabab, bosh murabbiyning menga nisbatan sovuq munosabatiga chidadim. Bu holat uzoq davom etmasligiga ishonardim.

- Bosh murabbiy bilan munosabatlaringiz haqida klub rahbariyati bilan gaplashmadingizmi?

- Yo'q. Agar shunday yo'l tutsam, bu professional ish bo'lmasdi.

- Endi shartnoma yakuniga qadar jamoada qolasiz, shundaymi?

- Buni Yaratgandan boshqa hech kim oldindan aniq ayta olmaydi.

- Sizda bunga xohish bormi?

- Keling bu savolga shunday beraman: agar boshqa jamoalardan har tomonlama manfaatli taklif bo'lsa va bunga birinchi galda “Seongnam” rahbariyati qarshilik qilmasa, klubdan ketishim mumkin.

- Hozir ana shunday takliflar bormi?

- Bu savolga tayinli javob bera olmayman.

- Uyga qaytishga hali ertami?

- O'ylashimcha, O'zbekistonga qaytishning hali mavridi kelmadi. Kuch-quvvatim va eng muhimi xorij klublaridan takliflar bor ekan, bu mavzuni keyinroqqa qoldirib turamiz. Lekin Vatanni juda ham sog'indim.

- “Seongnam” mavsumni o'ta omadsiz boshladi. Bu muvaffaqiyatsiz ishtirokni bosh murabbiy bilan bog'lasa bo'ladimi?

- Hozir muvaffaqiyatsizlikka turli sabablarni keltirish mumkin. Agar omillarni sanab ketsam, bu bir bahonaga o'xshab qolishi mumkin.  Keling, yaxshisi o'tmishni eslamaylik. Nima bo'lgan bo'lsa, o'tib ketdi. Bor etiborni mavsumning qolgan qismidagi o'yinlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishga qaratish kerak. SHunda mavsum avvalidagi omadsizliklar o'z-o'zidan esdan chiqib ketadi.

- Sobiq jamoangiz “Bunyodkor” OCHLning guruh bosqichida deyarli ilojsiz vaziyatdan chiqib ketdi. “Qaldirg'ochlar”ning kutilmagan omadli ishtiroki haqida qanday fikrdasiz?

- Futbolchilar yangi tayinlangan bosh murabbiy boshchiligida qahramonlik ko'rsatishdi. Hech qanday bosimsiz o'ynashdi va deyarli qo'ldan ketgan omadni qaytarib olishdi. So'nggi soniyalargacha kurash olib borishdi va ohir-oqibat niyatlariga etishdi. Futbolchilar kuchli xarakterga ega ekanliklarini amalda isbotlashdi. Omad ham ularga kulib boqdi. Ammo, unutmaslik kerak, omad kuchlilarga kulib boqadi.

- O'zbekiston milliy chempionatida 7 ta tur uchrashuvlari ortda qoldi. Kuzatib borayotgan bo'lsangiz, taassurotlar qanday?

- Hozirning o'zidan chempionlik uchun kurash olib boradigan jamoalar qolganlardan ajralib chiqa boshladi. Bu klublar bir necha yildirki, chempionlik uchun kurashib kelishyapti. Etakchi 3-4 ta klubda avvalgi yillar bilan taqqoslaganda deyarli o'zgarishlarni sezmadim. Bu mening shaxsiy fikrim. Kuchli klublar o'zaro o'yinlarda durang o'ynashyapti. Demak, kuchlar deyarli bir hil. Nazarimda, ikkinchi davra o'rtalariga borib bu borada tayinli bir fikr bildirish mumkin bo'ladi. CHunki, o'sha paytda jamoalarda toliqish alomatlari ko'zga tashlanib qoladi. Qaysi jamoa futbolchilari tarkib borasida muammoga duch kelmasa va kuchni to'g'ri taqsimlab borsa, uloq o'sha klubda ketadi. 

- Server, kelasi hafta Evropa CHempionlar ligasida chempion nomi aniqlanadi. Sizning bo'lajak uchrashuvga taxmingiz qanday va qaysi jamoaga muxlislik qilasiz?

- Afsuski, men muxlislik qilgan jamoalar nufuzli turnirdagi ishtiroklarini yakunlab bo'lishdi. SHu bois, shunchaki bir futbol ishqibozi sifatida o'yinni tomosha qilaman. O'ylaymanki, final o'z nomiga yarasha bo'lib o'tadi. Menimcha, ayni paytda “Real” kuchliroq ko'rinyapti. Lekin ular buni isbotlashlari kerak. Madrid derbisida “Atletiko” ham osonlikcha taslim bo'lmaydi. Bu bosqichga etib kelgunicha jamoalar ozmuncha ter to'kishmadi.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика