Server Jeparov: “Musobaqa o'tkazilayotganga ham o'xshamayapti”
08 jan 2015 18:11
Yangiliklar

Server Jeparov: “Musobaqa o'tkazilayotganga ham o'xshamayapti”
O'zbekiston milliy terma jamoasi Sidney shahrida Osiyo Kubogiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Bugun futbolchilarimiz navbatdagi mashg'ulotni o'tkazishdi. Mashg'ulot yakuniga
etgach, terma jamoamiz sardori Server Jeparov bilan bog'lanib, qisqacha
intervyu oldik.
“Mashg'ulot ko'ngildagidek o'tdi. Faqat mashg'ulot chog'ida kuchli shamol esib turdi. Maydonning holati shu kungacha Sidneyda o'tkazgan maydonlardan yaxshi. Buni ham qayd etish lozim. Lekin Sidneyda ushbu mamlakatda Osiyo Kubogi o'tkazilayotgani unchalik sezilmayapti. Bu erda kriket, suzish kabi sport turlariga qiziqish yuqoriroq. Biz bu narsaga etibor qaratmayapmiz. KXDR bilan kechadigan uchrashuvga katta ishtiyoq bilan hozirlik ko'ryapmiz”, - dedi S.Jeparov.

Fikrlar