So’nggi yangiliklar

02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  2 01:39Мактомини МЮдан кетганларнинг муваффақиятга эришаётгани ҳақида нималар деди?  0 00:46Артета Гекерешга баҳо берди  0 00:20"Ланс" Абдуқодир Ҳусанов бўйича "Манчестер Сити"га мурожаат қилган  6 23:53Гвардиола "Манчестер Сити"дан кетиши эҳтимоли ҳақида: "Мен умрбод бу ерда қола олмайман"  3 23:12Флик ҳозирча "Барселона" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  1 22:55Аморим Фергюсоннинг гаплари ҳақида фикр билдирди  3 22:31"Қизилқум" 22 ёшли футболчиси билан шартномани узайтирди  0 22:11Марсело "Барселона"дан "Реал"га кимни олган бўларди?  5 21:59Пеп Гвардиола: "Ҳозир "Сити" АПЛ чемпионлиги учун курашадиган ҳолатда эмас"  2 21:37Тьерри Анри: "Арсенал" ушбу мавсумда чемпион бўлиши керак"  0 21:13Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр  22 20:59Алонсо "Реал"даги фаолиятини баҳолашни истамади  0 20:36Фергюсон МЮнинг соврин ютиши учун қанча вақт кетишини айтди  3

Server Jeparov: "Men uchun Yangi yil oilaviy bayram" Yangiliklar

Server Jeparov: "Men uchun Yangi yil oilaviy bayram"

Yangi yil kirib kelishiga ham tobora oz fursat qolmoqda. O'tayotgan har bir daqiqa sizu bizni yangi 2015 yil tomon etaklayapti.
Yangi yil oilaviy bayram hisoblanadi. Yangi yil kirib kelishini har bir yurtdoshimiz o'z oilasi davrasida, to'kin dasturxon atrofida qarshi oladi. Biz bayram arafasida O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Server Jeparov bilan uchrashib, Yangi yilni qanday kutib olishi, bayramga ko'rayotgan tayyorgarligi yuzasidan suhbatlashdik.

- Men uchun Yangi yil oilaviy bayram hisoblanadi, - deya so'z boshladi S.Jeparov.  31 dekabr kuni avval ota-onamizni ko'rgani yo'qlab boramiz. Kechqurun rafiqam va farzandlarim bilan yangi yil kirib kelishini birgalikda qarshi olamiz. Har doimgidek bayram dasturxoni yoziladi. Tabiiyki, bu bayramni yangi yil archasisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Menimcha, har bir oilada Yangi yil bayramini shunday kutib olishsa kerak.



- Jeparovlar xonadonining yangi yilni kutib olish va bayramni o'tkazishda  o'ziga xos ananalari bormi?
- Alohida aytishga arzigulik ananalarimiz yo'q. Lekin har yili bayram dasturxoniga yangi taom tortiladi. Yani bu yil istemol qilgan taomimizni kelasi yil tayyorlamaymiz.

- O'zingiz tayyorlaysizmi?
- Yo'q albatta (kuladi). Rafiqam qo'li shirin oshpaz. Bayram dasturxonini o'zi tayyorlaydi.

- Bu yilgi bayram dasturxonini qaysi taom bezashi kutilyapti?
- Ochig'i bilmadim. Bu haqda hali rafiqam bilan maslahatlashib ko'rmadik. Ammo nimadir antiqa taom bo'lishi kerak. Dasturxonni salatlar bezagi aniq. Turmush o'rtog'im qaysi taomni tayyorlasa, biz shuni istemol qilaveramiz. Koreyada ham rafiqam va farzandlarim o'zim bilan yashashadi. O'zbek taomlari, xususan oshni tez-tez pishirib turadi. SHunday ekan, o'zligimizni yo'qotib qo'ymaymiz (kuladi).



- Bu bayramni ayniqsa bolajonlar intizorlik bilan kutishadi. SHu manoda farzandlaringizga qanday kutilmagan sovg'alarni hozirlab qo'ydingiz?
- Odatda bayramdan bir-ikki kun oldin bolalarni archa bayramiga olib boramiz. Ko'pincha Mustaqillik maydonida o'rnatilgan Prezident archasiga bolalar bilan birgalikda boramiz. 31 dekabr kuni esa uyda hammamiz birgalikda yangi yil kirib kelishini kutib olamiz. Albatta, sovg'alar tayyorlab qo'yilgan.

- SHaxsan o'zingiz bolaligingizda ota-onangizdan olgan va hozirgacha yodda qolgan sovg'ani eslay olasizmi?
- Juda ko'p sovg'alar olganimdan birontasini eslay olmayapman (kuladi). Rostan ham har bayramda ko'p sovg'a olardim. To'qqiz yoshimda futbol bilan shug'ullanishni boshlaganman. O'sha paytda menga dadam to'p sovg'a qilgandilar. Balki, shu sovg'a men uchun qadrli bo'lib qolgandir.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика