So’nggi yangiliklar

01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  1 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  0 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  0 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  9 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  5 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  1 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  12 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  2 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  2 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  3 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  9 21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  13 21:03Париж-2024. Миср Испанияни мағлуб этиб, гуруҳ пешқадами сифатида плей-оффга йўл олди  15 20:51Аббос Файзуллаев: "Олимпиадага ҳеч ким мағлубиятга учраймиз ёки гуруҳда қолиб кетамиз деган мақсадда келмайди"  25

Server Jeparov: "Guruhdan 1-o'rin bilan keyingi bosqichga chiqishimiz shart" Yangiliklar

Server Jeparov: "Guruhdan 1-o'rin bilan keyingi bosqichga chiqishimiz shart"

O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Server Jeparov Janubiy Koreya K-ligasida o'zining ikkinchi yoshligini boshlagan ko'rinadi.
Ortda qolgan ettita tur uchrashuvida hamyurtimiz Ulsan Xyundayning muvaffaqiyatiga munosib tarzda ulush qo'shdi va jamoasining tom manodagi etakchi futbolchisiga aylandi. Jeparov mana shu 7ta o'yinda raqiblar darvozasini ikki bor ishg'ol qildi. Albatta, yarim himoyachi uchun bu yomon ko'rsatkich emas. Boz ustiga dastlabki ikki turda ramziy terma jamoa safidan ham joy oldi. Ulsan esa 7-turdan so'ng turnir jadvalida 3-o'rinni egallab turibdi. Umuman olganda, Server uchun Koreya ikkinchi vatanga aylanib ulgurdi, deyish mumkin. U to'rt mavsum davomida "Seul" va "Seongnam" klublari sharafini himoya qildi. Bu yildan, yani beshinchi mavsumdan etiboran esa "Ulsan" libosida harakat qilyapti. SHu paytgacha K-ligada 93ta o'yin o'tkazib, 16ta gol kiritishga muvaffaq bo'ldidi. O'ylaymizki, yarim himoyachimiz tez orada 100lik dovonini ham zabt etadi. Biz 8-tur o'yini oldidan Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisidan intervyu oldik.  

- Server, Janubiy Koreya K-ligasida yangi mavsumning 7ta turi ortda qoldi. Dastlabki taassurotlar va ilk xulosalar qanday bo'lyapti?
- Quvonarlichi, mavsumni ko'tarinki kayfiyatda boshladik. Ketma-ket ikki turda kuchli jamoalarni mag'lubiyatga uchratdik. Men uchun yana bir quvonchli holat  ana shu ikki o'yinda 2ta gol kiritishga erishdim. Buning natijasida turning ramziy terma jamoasidan joy oldim.

- Lekin shundan so'ng duranglar seriyasi boshlandi...
- Ha, afsuski shunday bo'lyapti. G'alabaga juda yaqin kelgan uchrashuvlarda durang bilan kifoyalandik. Hech bir jamoa maydonga yutqazam deb chiqmaydi. O'yin 90-daqiqadan keyin ham davom etadi. Faqatgina final hushtagi yangraganidan keyingina nafas rostlash va klubingiz g'alaba qozonayotgan bo'lsa, uni jamoadoshlaringiz bilan birgalikda nishonlashingiz mumkin.

- Ettita o'yinda 4ta durang, bu ko'pmi yoki..?  
- Qaysidir manoda yaxshi, lekin bir tomondan buning aksi. Ijobiy tomoni hali mag'lubiyatga uchramadik. Durang ham ochko taqdim etadi. Ligada faqat biz va peshqadam CHonbukning mag'lubiyatlar ustunida nol soni turibdi. Qolaversa, kuchli jamoalar bilan o'yinda ochko yo'qotdik. O'zi K-ligada boshqalardan sezilarli darajada kuchsiz klublarning o'zi yo'q. Raqibning qanday o'yin ko'rsatishi ham jamoangiz o'yini va yakundagi natijaga tasir qiladi.

- "CHonbuk Motors" klubi boshqalardan kuchlidek ko'rinyapti. Bu fikrga qo'shilasizmi?
- Ettita tur o'tganligini inobatga olsak ha, lekin oldinda hali butun mavsum va bundan tashqari 6ta klub ishtirokidagi ikkinchi bosqich uchrashuvlari borligini hisobga olsak, hali xulosa chiqarishga shoshilmagan bo'lardim. Ha, fikringizga qo'shilaman, "CHonbuk" 7ta uchrashuvning 6tasini o'z foydasiga hal qildi. Bitta o'yinda durang o'ynadi. Lekin hali kutilmagan sovg'alar ham bo'lib qolishi mumkin. Buni hech kim inkor eta olmaydi. Boshqa tomondan CHonbuk tarkibida kuchli futbolchilar ko'pchilikni tashkil etadi. Buni ham yoddan chiqarmaslik kerak. Ikkinchi o'rinda borayotgan "Suvon" peshqadamdan 5 ochkoga ortda qolyapti. Biz esa suvonliklardan bir ochko kam jamg'arganmiz. Oltinchi pog'onadan joy olgan "CHunnam Dragons" klubi 10 ochkoga ega va bitta g'alaba bu klubni 3-o'ringa olib chiqishi mumkin. Unutmang, suhbatimiz Koreya K-ligasi haqida ketmoqda. Bu ligaga ortiqcha tarif shart bo'lmasa kerak.

- Siz K-liganing ilk turidayoq joriy mavsumdagi gollaringiz hisobini ochdingiz. Eng muhimi, o'sha o'yinda sobiq jamoangiz Seul darvozasini ishg'ol qildingiz. Golni nishonlashda ortiqcha ehtiroslarga berilmagan bo'lsangiz kerak?
- Yo'q, nega endi. Axir men professional futbolchiman. O'yin paytida sening qaysi jamoaga qarshi harakat qilayotganing emas, qaysi klub nomidan maydonga tushganing muhim hisoblanadi. Misol uchun, o'tgan mavsum "Ulsan"da o'ynab, bu yil "Seul"ga o'tgan futbolchi ham shunday qilgan bo'lardi. Qanday qilib golli vaziyatga chiqib borib, uni ko'kka sovurish mumkin? O'z golim bilan jamoam g'alabasiga xissa qo'shganimdan xursand bo'ldim. O'ylaymanki, seulliklar ham meni to'g'ri tushunishgan.

- Ramziy terma jamoadan joy olish siz uchun qanchalik ahamiyatli?

- Albatta, bundan xursand bo'ldim. Ketma-ket ikkita o'yinda gol kiritganimdan so'ng ramziy terma jamoaga kiritishdi. Ayniqsa, birinchi o'yindan keyin bizning jamoadan uch nafar futbolchi ramziy terma jamoadan joy oldi. Mendan tashqari darvozabonimiz Kim Seung Gyu va ampluadoshim Tartaga ham ramziydan joy tegdi. Ikkinchi turning ramziy jamoasidan ham uch nafar o'yinchimizga joy ajratildi.

- JCH-2018 qurasi haqida qanday fikrdasiz?
- Bu guruhdan 1-o'rin bilan keyingi bosqichga chiqishimiz shart. Bahrayn va KXDR bilan avval ham o'ynaganmiz. Koreyslar bilan o'yinlardagi statistika biz tomonda. Endi Bahraynni ham mag'lubiyatga uchratishimiz kerak. Yaman bilan terma jamoamiz 1997 yili o'ynagan. O'shanda Sana shahrida milliy terma jamoamiz JCH saralashlaridagi ilk tarixiy uchrashuvini o'tkazib, 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi. Men o'sha paytda 15 yoshli o'smir edim. Filippin bilan esa umuman terma jamoamiz uchrashmagan ekan. Bir so'z bilan aytganda, biz guruh g'olibi bo'lishni maqsad qilganmiz.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика